SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Xalqaro miqyosdagi sport ustasi Abdulla Tangriyev tavallud topgan kun
1981-03-28

1981 yilning 28 martida Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo birinchiligi g‘olibi, Sidney olimpiadasi qatnashchisi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi. Abdulla 10 yoshidan boshlab dzyudo bilan shug‘ullangan.Alpomishkelbat bu yosh polvonimizning kelajagiga ko‘plar yorqin ishonch bildirmokda. Chunki u keyingi paytda qaysi toifadagi musobaqada qatnashmasin, sovrindorlar qatoridan o‘rin olmokda. Abdulla 10 yoshidan boshlab dzyudo bilan shug‘ullangan. O‘smirlar o‘rtasidagi mamlakat birinchiliklarida u ajoyib g‘alabalarga erishib, mutaxassislar nazariga tushdi, 1995 yildan boshlab u Chirchikdagi respublika olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtida murabbiy S.Murodasilov qo‘l ostida o‘z mahoratini oshirdi. Yoshlar o‘rtasidagi mamlakat birinchiliklari va xalqaro musobaqalarda (o‘z vazni va mutlaq birinchilikda) u katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 19 yoshli Abdulla Tangriyev Sidney olimpiadasiga borayotgan terma jamoa tarkibiga kiritildi. Olimpiya o‘yinlarida u ikkita bellashuvni o‘z foydasiga hal qildi. Agar Abdulla vazni 100 kilogrammdan yuqori polvonlar musobaqasida qatnashganini hisobga olsak, bu g‘alabalar uning istiqboli porlokligidan dalolat beradi.Abdulla ko‘p o‘tmay Gonkongda yoshlar o‘rtasida bo‘lgan Osiyo birinchiligida zafar quchdi. XXI asr polvoni deb baholanayotgan Abdulla Tangriyev shu yil boshida O’zbekistan chempionatida 100 kilogrammdan yuqori va mutlak, vaznda qo‘shaloq g‘alabaga erishdi. U shunday g‘alabalar bilan 2004 yili Afinada bo‘ladigan olimpiadaga borishni niyat qilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan