SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Noyabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
26272830  
Yaponiya ob-havo byurosi olcha gullashi ko‘rsatilgan iqlim xaritasini tayyorladi
0000-03-31

Yaponiya ob-havo byurosi mamlakat viloyatlaridagi olcha – sakura daraxtining gullash sanasi ko‘rsatilgan infografika-xaritani tayyorladi. Xaritaga asosan, 31-mart kuni Tokio, Xirosima, Fukuoka, Osaka kabi mamlakatning nisbatan markaziy va janubiy qismlarida sakura gullagan. 10-aprel kuni Niigatada, 20-aprel kuni Nagoya va Sendayda, 30-aprel kuni esa Yaponiyaning shimoliy prefekturalarida yapon olchasining gullashi taxmin qilinmoqda. “Kun” nashrining ma’lum qilishicha, Sakura daraxtlari, Yaponiya ob-havo byurosi hisob-kitoblariga ko‘ra, eng kech mamlakat shimolidagi eng yirik orol – Xokkaydoda gullaydi. Qishi eng sovuq bo‘lgan Yaponiyaning ushbu mintaqasi aholisi 10-may kuni sakura gullarini ko‘rishi kutilmoqda. Sakura – manzarali olcha daraxtining yaponcha nomi bo‘lib, u Yaponiyadagi eng ko‘p ardoqlanadigan o‘simlik hisoblanadi. Har yili bu daraxtning gullashi munosabati bilan Yaponiyada bayram nishonlanadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan