SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2022
YaDuSeChPaJuSh
      1
234578
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     
Folklorshunos olim Malik Murodov tavallud topgan kun
1933-07-20

Folklorshunos olim, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi (1997), filologiya fanlari doktori (1977), professor (1980) Malik Murodov (1933 yil) 20 iyul tavallud topgan. Malik Murodov Toshkent universiteti filologiya fakultetini tugatgan (1955). O‘zbekiston FA Til va adabiyot institutining folklor bo‘limida katta ilmiy xodim (1961-67), Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida bo‘lim mudiri (1967-78), Toshkent madaniyat institutida kafedra mudiri (1979-2001). Malik Murodovning ilmiy faoliyati Janubiy O‘zbekiston dostonchilik maktablarining epik an’analari va bugungi tarixiy-folkloriy jarayonining o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan. U 1959 yildan folklor ekspedisiyalariga qatnashib, o‘nlab xalq baxshilarining ijodiy faoliyati, doston kuylash mahoratini tadqiqi etgan. Malik Murodovning “Ijod durdonalarini izlab” (1967), “Sarchashmadan tomchilar” (1984) kitoblari dostonchilikning nazariy masalalariga bag‘ishlangan. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan