SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    13
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Jahonga mashhur amerikalik raqqosa Aysedora Dunkan tavallud topgan kun
1877-05-26

1877 yil 26 may San-Fransiskoda tavallud topgan jahonga mashhur amerikalik raqqosa Aysedora Dunkan jahon madaniyati va san'atida o‘zi yaratgan yangicha ajabtovur raqslari bilan shuhrat topgan o‘z davrida “Zamonaviy raqs onasi” nomi bilan dovrug‘ qozongan san'atkoridir. Aysedora Dunkanlar oilasining kenjatoyi edi. Otasi Jozef Charlz Dunkan asli bankir, ammo san'at shinavandasi, onasi Mariya ham musiqadan saboq berardi. Aysedora dunyoga kelganida otasi ishsiz qolgan edi. Oila qashshoqlashib, farzandlari, jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloq ham ko‘ziga ko‘rinmagan ota oilani tark etdi. Akalari Avgustin, Raymond, opasi Elizabet ham hali juda yosh bo‘lib, oila pulsizlikdan ko‘p aziyat chekadi. Ammo onasi Mariya yashash uchun kurashishga, bolalarini och qoldirmaslikka harakat qiladi. Bu yerda u bolalarga pianinodan saboq berib, oila tebratadi. Garchi g‘aribgina hayot kechirsa-da, oila a'zolarining qalbida she'riyat va musiqaga ishtiyoq, intilish kuchli bo‘lgan. Onasi pianinoda chalgan musiqalar sadosi, oqshomlari Shekspir, Brauning, Shelli, Kits, Dikkens va Uitmenning asarlarini ovoz chiqarib o‘qishi Aysedoraning qalbida ijod kurtaklarini uyg‘otadi. San'atga oshuftalik, iste'dod aslida uning qonida borligi ko‘rinib turardi. Shu zaylda musiqa va raqsga e'tibori yuksak qizaloq o‘zining raqs usulini topib oladi. Besh yoshida maktabga borgan Aysedora o‘n uch yoshida yakka tartibda o‘qishni istab, maktabni tashlab ketadi. U Ouklanddagi jamoat kutubxonasida Inna Kulbrit ismli shoirdan tahsil ola boshlaydi. Bir yildan keyin esa mahalliy bolalar undan raqs o‘rganish istagida uyiga kelishadi. Opasi Elizabet bilan birgalikda bolalarga raqsdan saboq bera boshlaydi. O‘n sakkiz yoshida Aysedora Chikagoga keladi va bu yerdagi tungi klublarda yunon milliy libosida yalangoyoq raqs tushib, barchani lol qoldiradi. Uning ijrolari soxtalikdan yiroq, navolar asnosida tabiiy vujudga kelar, ularga monand xirom aylayotgan sarvqomat raqqosaning nafis harakatlaridan dunyo-dunyo ma'noni o‘qish mumkin edi. 1921 yilda jozibador raqqosa ijodiy mahorati bilan taniqli rus shoiri Sergey Yeseninni o‘ziga butkul rom qilib qo‘yadi. Nihoyat, kunlarning birida Yeseninning orzusi ro‘yobga chiqadi: ular mashhur bir adibning uyida o‘tkazilgan bazmda tanishadilar. Aysedora ham yosh shoirning nafaqat ta'sirchan ijodi, dunyoqarashini, balki otashin qalbini sevib qoladi. 1922 yilda ular rasmiy nikohdan o‘tishadi. Aysedora umrining oxirgi kezlarida ichkilikka beriladi. Yaqin insonlaridan erata judo bo‘lish, ichkilikbozlik, qashshoqlik uning ijodiga ham, hayotiga ham salbiy ta'sir eta boshlaydi. Aysedora Dunkan vafotidan farzandlarining qismati yana takrorlandi. San'atkor 1927 yil 14 sentyabrda ellik yoshida avtohalokat tufayli dunyodan ko‘z yumadi. Raqqosa faoliyatining avvalidayoq “ilhom parisi” deya sharaflangan ediki, u ham hayoti, ham ijodi bilan bu ta'rifga nechog‘lik munosib ekanini isbotladi. Chindan ham uning ijrolaridagi noan'anaviylik nurning zulmatga qarshi kurashini anglatar, u inson ruhiyatining turfa manzaralarini sho‘xchan va mo‘jizaviy raqslari orqali ko‘rsatib bera oladigan yuksak san'atkor edi. Dunkan ana shunday o‘lmas raqslari bilan san'at olamida o‘chmas iz qoldirgan iste'dod sohibasidir.

                                                                                             


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan