SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2022
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
151617181920
21222324252627
28293031   
Iste'dodli musavvir Bahodir Jalolov tavallud topgan kun
1948-05-27

Iste'dodli musavvir Bahodir Jalolov 1948 yilning 27 mayida Toshkent shahrida tavallud topgan. O‘zbek tasviriy san'atining Bahodiri deyilganda, butun umri ranglarga bag‘ishlangan, hayolni hayotga, hayotni hayolga yo‘g‘irib ijod qiluvchi, tabiat va insonni tasvirlar orqali tadqiq qiluvchi san'atkor, ulkan tafakkur kishisi ko‘z oldimizda gavdalanadi. Uning rasm chizishga bo‘lgan ishtiyoqi Benkov nomidagi tasviriy san'at bilim yurtida tahsil olishni boshlagan davrlaridayoq tug‘ma uquvdan mahoratga aylanadi. Shundan so‘ng, u Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Ilya Repin nomidagi rassomlik, haykaltorishlik va me'morchilik institutida o‘qidi va uni 1974 yilda tamomlaydi. Chingiz Aytmatov, A. Abdullayev, Ro‘za Choriyev, Melnikov, Korolev kabi ustoz rassomlardan kasb sirlarini uzoq va astoydil o‘rgandi. “Masharaboz Akrom Yusupov” (1974), “Lahza va mangulik” (O‘rol Tansiqboyev xotirasiga bag‘ishlangan asar. 1977), “Xalq ustasi kulol Hamro buvi Rahimova” (1975) kabi portretlari rassom ijodining keyingi muvaffaqiyatlari debochasi desak bo‘ladi. Tasviriy san'at sirlarini qunt bilan o‘zlashtirgan rassomning mahorati uning barakali ijodiy faoliyatida aniq ravshan namoyon bo‘la boshladi. 1974-1980 yillar oralig‘ida Kamoliddin Behzod nomidagi rassomlik va dizayn institutida talabalarga tasviriy san'at sirlaridan dars berdi va shu o‘quv yurti ustaxonasining rahbari bo‘lib ishladi. 1982 yilda “Bahor” konsert zali foyesiga ishlangan “Raqsning tug‘ilishi” nomli devoriy surati, shuningdek, Kinochilar uyi devoriga ishlagan mahobatli rasmlari, 1987 yilda Qo‘qon teatri foyesiga ishlangan yirik asarlari Bohodir Jalolovning eng balan cho‘qqisi desak hato emas. Keyingi yillarda rassom xorijiy mamlakatlarda ham dovrug‘ qozona boshladi. 1988 yilda B. Jalolov Tojikistonning Xo‘jand shahridagi maktab binosida o‘ziga xos devoriy asar yaratdi. 1990 yilda Belgiyaning Kortreyk shaharida “Kortreyk 200”  turkum rasmlarini chizdi. B. Jalolov o‘z sohasining chinakam va betakror ustasi, bilimdoniga aylangan bir davrda mustaqillik yillarida uning mehnatlari ayniqsa, munosib qadr topdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan