SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
8910121314
15161718192021
22232425262728
293031    
“Madaniyat va san'at ko’rgazmasi” deb nomlangan koshona barpo etildi
2006-09-16

2006 yil 16sentyabrda O’zbekiston madaniyati va san'ati ko’rgazmasi koshonasi barpo etildi. O’zbekiston madaniyati va san'ati ko’rgazmasi (Olmazor ko’chasi, 183a-uy) - Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy bog’i hududida joylashgan. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan bunyod etilgan. Bunyod etilishi 2006 yil 16 sentyabrda bo’lgan, ochilish marosimi esa 2006 yil 25 avgustda bo’lib o’tgan. O’zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida. Ko’rgazma binosining loyihalash ishlari “ToshkentboshplanLITI” instituti tomonidan amalga oshirilgan. Binoning to’rt tomoniga naqshinkor ayvonlar o’rnatilgan. Ko’rgazma bunyod etilishida poytaxtning qurilish tashkilotlari hamda “Usto” birlashmasining yog’och o’ymakorlari ishtirok etgan. Ko’rgazmada xalqimizning zargarlik, kandakorlik, pichoqchilik, gilamdo’zlik, kulolchilik, zardo’zlik, duradgorlik kabi hunarmandchilik san'ati sohasida yaratgan asarlari keng joy olgan. Umumiy maydoni 1113m2 bo’lib, ko’rgazma uchun ajratilgan maydon hajmi 1005 m2 ni tashkil etadi. Ko’rgazma atrofida 20 gektarga yaqin bog’ bunyod etilib, obodonlashtirilgan. Bog’da 2007 yildan O’zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhorga haykal o’rnatilgan. Ko’rgazma ajdodlarimizdan qolgan betakror madaniy va ma'naviy merosimizni asrab-avaylash, rivojlantirish va keng miqyosda targ’ib etishga xizmat qiladi. Ko’rgazma ekspozitsiyasi muntazam boyitilib boriladi. Bundan tashqari ko’rgazma zalida madaniy, ma'rifiy tadbirlar o’tkazilib turiladi. 2009 yil martdan ushbu san'at koshonasida “Tashabbus” ko’rik-tanlovining “Eng yaxshi tadbirkor”, “Eng yaxshi fermer” va “Eng yaxshi hunarmand” nominatsiyalari bo’yicha shahar va respublika ko’rik tanlovi o’tkazildi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan