SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212223
25262728293031
Kompozitor va dirijor Ashraf Muxtor tavallud topgan kun
1912-06-11

Ashrafiy Muxtor Ashrafovich (1912.11.6, Buxoro - 1975.15.12, Toshkent) - kompozitor, dirijyor. O‘zbek operasi asoschilaridan. O‘zbekiston xalq artisti (1939). Samarqand musiqa va xoreografiya institutida o‘qigan (1928-30). Kompozitsiyadan S.N.Vasilenko, B.S.Shexter, M.O.Shteynberglardan ta'lim olgan. Peterburg konservatoriyasini dirijyorlik bo‘yicha tugatgan (1948). 1930 yildan O‘zbek musiqali teatri, keyinchalik Navoiy nomidagi O‘zbek opera va balet teatrining badiiy rahbari va bosh dirijyori, direktori (1967-71), 1944 yildan Toshkent konservatoriyasining o‘qituvchisi, professori (1953 yildan), rektori (1947-62; 1971-75). Samarqand opera va balet teatrining direktori, badiiy rahbari va bosh dirijyori (1964-66). Birinchi asari - “Sodrash” marshi T.Sodiqov va Sh.Ramazonov bilan hamkorlikda yuzaga kelgan (1929). Ustozi S.N.Vasilenko bilan hamkorlikda ilk o‘zbek operalari “Bo‘ron” (K.Yashin librettosi, 1939) va “Buyuk kanal” (K.Yashin va M.Rahmonov librettosi, 1940)ni yaratgan. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti (1970) hamda J. Neru (1971), J. A. Nosir (1972) xalqaro mukofotlari laureati. Toshkent konservatoriyasi, ko‘chalardan biri Ashrafiy nomiga qo‘yilgan. Toshkentda Ashrafiy uy-muzeyi tashkil qilingan.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan