SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
26272830  
Charli Chaplinning bir necha avlod tomoshabinlari labida tabassum uyg'otgan “Oltin vasvasasi” filmining premyerasi bo'lib o'tdi
1925-06-26

 Charli Chaplinning bir necha avlod tomoshabinlari labida tabassum uyg‘otgan “Oltin vasvasasi” filmining premyerasi 1925 yil 26 iyunda Gollivudda bo‘lib o‘tdi. Nafaqat ovozsiz komediya asoschilaridan biri, balki genial aktyor sifatida kinomatagrafiya zarvaraqlariga nomi bitilgan Chaplin shunday degan edi: “Qanchalik g‘ayritabiiy bo‘lmasin, kimningdir fojeasi boshqa birovning kulgusiga sabab bo‘lishi haqiqatdir. Menimcha kulni insonning ichki ziddiyatlarini aks ettiradi. Aslida biz kulganda tabiat, hayot oldidagi ojizligimiz kulamiz”. Ekssentrik komediyaning mumtoz namunasiga aylangan “Oltin vasvasasi” filmi ushbu fikrning yaqqol isbotidir. 1846 yilda Kaliforniyaga kelgan oltin qidiruvchilar ekspeditsiyasining ayanchli qismati Film voqyealariga asos qilinib olingan. Boyib ketish ilinjida yo‘lga chiqqan bir guruh muhojirlar halokatga uchraydi. Tirik qolish uchun odamzot nimalar qilmaydi deysiz?! Itlar ham yegulik o‘rniga o‘tadi, charmdan tikilgan kiyimlar ham.... Ana shunday dahshatli vaziyatda insonning qanday holatiga tushishini ko‘rsatib bergan film tomoshabinlarning olqishiga, bearmon kulgusiga sababdir. 1942 Chaplin kartinani qayta montaj qilib uni kadr orti matni va musiqa bilan boyitdi. Darvoqye, “Oltin vasvasasi” Charli Chaplin bir vaqtning o‘zida eng ko‘p rol ijro etgan komediya.... ma'yus komediya hamdir.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan