SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627293031 
Margaret Mitchelning “Shamollarda qolgan hislarim” kitobining birinchi nashri dunyo yuzini ko‘rdi.
1936-06-30

1936 yil 30 iyun. Shu kun Margaret Mitchelning “Shamollarda qolgan hislarim” kitobining birinchi nashri dunyo yuzini ko‘rdi. Garchand Mitchel nomi tarixda yakka -yagona asar muallifi bo‘lsa-da, mazkur kitob o‘z davrida boshqa barcha nashrlarni ortda qoldirib ketdi. “Shamollarda qolgan hislarim” bir kunda ellik ming, bir yilda bir yarim millionlab nusxada sotilgan paytlar bo‘ldi. Birinchi yilning o‘zidayoq kitob o‘n sakkiz tilga tarjima qilindi. Shu nomdagi filmlarning katta ekranlarga chiqarilishi asarning yanada ommalashuviga sabab bo‘ldi. Kitobda o‘tgan asar boshlarida ro‘y bergan uzoq o‘tmishda qolgan voqyealar aks etgan. Muhabbat, ehtiroslar, ayol qalbining turfa tovlanishlari, yoqimli makkoraliklar, beg‘araz shumlik, nozu istig‘nolar o‘ziga xos badiiy uslub va joziba bilan aks etgan mazkur roman hanuz e'tiborda va miollionlab kitobxonlar e'tirofida. Vaholanki, davr o‘zgaradi, qiyofalar almashindi. Biroq inson, fe'l-atvori o‘sha-o‘sha. Bosh qahramon Skarlettning har qanday vaziyatda o‘zini yo‘qotmay, umid bilan “Erta bir gap bo‘lar”... deya aytgan iborasi qanot chiqarib, jahonning turli manzillardagi minglab ayollarning va albatta erkaklarning umid nishonasi, ko‘ngil taskinidir.  

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan