SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
Rus dengiz floti sarkardasi Mixail Lazarev Petrovich tavallud topgan kun
1788-11-03

Mixail Lazarev Petrovich 1788 yil 3 noyabrda Vladimir shahrida tug'ilgan. Rus dengiz floti sarkardasi, sayyoh, admiral (1843). 1808-1813 yillarda Boltiq flotida xizmat qilgan. 1813-1816 yillarda “Suvorov” kemasida Kronshtadtdan Alyaska sohillarigacha borib kelgan va yo'l-yo'lakay Suvorov atollini kashf qilgan. 1819-1821 yillarda F.F.Bellinsgauzen rahbarligidagi dunyo aylana ekspedisiyada “Mirniy” kemasiga komandirlik qilib, Antarktida materigini kashf etishda qatnashgan. 1822-1825 yillarda kemada dunyo bo'ylab 3-marta sayohat qilib, meteorologiya, etnografiya va boshqa sohalarda keng miqyosda ilmiy tadqiqotlar olib borgan. 1827-1833 yillarda bir necha marta harbiy operasiyalarda qatnashgan. 1833 yildan umrining oxirigacha Rossiya Qora dengiz flotining qo'mondoni va shu dengizdagi portlarning boshlig'i bo'lgan. Lazarev Rossiya Geografiya jamiyatining faxriy a'zosi va bir qancha chet el ilmiy jamiyatlarining a'zosi edi. Tinch okeandagi atoll, Amur limanidagi va Unimak orolining shimolidagi burunlar, Orol dengizidagi orol, Yapon dengizidagi qo'ltiq va portlari Lazarev nomiga qo'yilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan