SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Temuriy shahzoda Boysung’ur tavallud topgan kun
1397-09-16

Boysung’ur, (Boysunqur, Boysunqar) (1397. 16.9.-Hirot - 1433.20.12) – temuriy shahzoda Shohrux Mirzo bilan Gavharshodbegimning o’g’li. Boysung’ur 1414 yil Mozandaron, Astrobod va Jurjon viloyatlari hokimi, 1416-20 yillarda esa otasi Shohruxning vaziri bo’lgan. Eron Ozarbayjoni (1420) va Astrobod (1431) hokimi. Og’ir dardga chalinib 36 yoshida vafot etgan.

      Boysung’ur insonparvar, adolatpesha ilm va adab xalqiga muruvvatli hukmdor bo’lish bilan birga, o’zi ham g’azallar bitgan, xattotlik va naqqoshlik san'atini mukammal egallagan. U Hrotda noyob qo’lyozmalar jamlangan juda boy kutubxona tashkil qilgan, unda 40 dan ortiq xattot mo’g’ullar istilosi davrida yo’q qilingan qo’lyozmalarning bo’ak nusxalarini topib, ulardan nusxalar ko’chirish va yoki yaroqsiz holga kelganlarni tiklash bilan mashg’ul bo’lgan.Hirotdagi Gavharshodbegim masjidi bezaklari va kitoblarini shaxsan Boysung’urning o’zi bajarganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Uning rahbarligi va bevosita ishtirokida Abulqosim Firdavsiy “ Shoshnoma Boysung’uriy”deb atalgan (rasmlar bilan bezatilgan mazkur qo’lyozma Tehron muzeyida saqlanadi). Shuningdek jahon san'ati tarixida muhim o’rin tutgan  Hirot miniatyura maktabiga asos solgan. Bu maktab vakillari tomonidan  ko’chirilgan asarlarning ko’pchiligi  Istanbul kutubxonalarida saqlanadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan