SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141516181920
21222324252627
28293031   
Ekologik bilimlar kuni
1992-04-15

Xar yili dunyoning ko’plab mamlakatlarida Ekologik bilimlar kuni nishonlanadi. Bu kun 1992 yil Rio-de-Janeyro shaxrida o’tkazilgan BMT konferensiyasida atrof-muhit muammolari  muxokama qilinganida, insoniyatning xayoti va  barqarorligi,  uchun  butun dunyo aholisi o’rtasida ekologik  tarbiya  katta ahamiyatga egaligi ta'kidlandi. Bu bayramning asosiy maqsadi-ekologik bilimlarni oldiga surish, aholida ekologik madaniyatni rivojlantirish,  jamiyatni ekologik havfsizligi xaqida  ma'lumotlantirish, hamda xar bir fuqaroni ekologik fikr yuritishda tarbiyalash va tayyorlash. Bu masalani muhimliligi xech kimni shubhalantirmaydi va qator mamlakatlarda tarbiya va  ta'limning asosiy yo’nalishlaridan xisoblanadi. Atrof-muhitni asrash, aholini ekologik madaniyatini shakllantirish yo’lidagi faoliyatlar - insoniyat kelajagi garovidir. “Ekologiya” termini (grek so’zi «oikos»-uy, «logos» -fan ) ilk bor 1866 yili nems biologi Ernstom Gekkelem tomonidan kiritildi. Bugungi kunda ekologiya - organizmlarni o’zaro va atrof-muhit bilan bo’lgan munosabatlarini o’rganadigan fan. Insoniyatni kun sayin o’sib borayotgan extiyojlari  va sayyoramizda kamayib ketayotgan  imkoniyatlari o’rtasidagi muvozanatni  ushlab turish , tabiatni muhofaza qilish uchun  xar birimiz ekologik bilimlarga ega bo’lmog’imiz zarur.  Ekologik ta'lim va bilim, tabiat muhofazasidagi muammolarni yechimi  usuli sifatida  xalqaro tan olindi. Bizning davlatimizda ham ekologik tarbiya va ta'lim umum ta'lim muassasalarining asosiy yo’nalishlaridan biri xisoblanadi, Sayyoramiz kelajagi o’sib kelayotgan avlodning  ekologik madaniyatiga bog’liq. Global ekologik muammolarni  davlatlararo va dunyo miqyosida  birgalikda yechish mumkin, ammo yashab turgan joyining ekologiyasini yaxshilash har bir inson vazifasidir. Ushbu kunda umumta'lim muassasalarda davlat idoralari, ommaviy axborot vositalari xamkorligida turli tadbirlar o’tkaziladi. Ekologik madaniyatni  odamlar ongiga singdirish-kelajak avlodni sog’ligini saqlash garovidir


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan