
Ilk bora Xalqaro jaz kuni 2012 yilda o’tkazildi. Taqvimga yangi sana kiritilishi xaqida YUNESKOning Bosh konferensiyasi 2011 yil noyabr oyida e'lon qildi. Bayramning asosiy maqsadi deb “tinchlik, birdamlik, odamlar o’rtasidagi dialog va aloqani kengaytirish yo’lida djazni kuchi xaqida xalqaro jamiyatchilik orasida axborotni kuchaytirish” deb belgilandi. Bugungi kunda, ko’plab jamoat tashkilotlar o’quv muassasalari, hususiy shaxslar, va davlat xokimlik idoralari djazni qo’llab quvvatlaydi va uning taraqqiyotiga ko’maklashadi. Jaz - 19 asr oxiri - 20 asr boshida AQShda afrika va yevropa madaniyatining umumlashtirilgan va musiqa san'atining noyob shakli deb xisoblanadi. Bu san'at turi irq va millatlarni birlashtiradi, davlatlar va insonlar o’rtasidagi chegarani yo’qotib, do’stlikni mustaxkamlaydi. YUNESKO bosh direktori Irina Bokova ta'kidlashicha, “Jaz butun tarixi davomida, pozitiv o’zgarishlar omili bo’lgan va bo’lib qoladi. Shu sabab YUNESKO Xalqaro jaz kunini e'lon qildi. Bu musiqa negizida qullik aks etgan, zulm ko’rsatishni turli shakllariga qarshi chiqqan. U xar bir madaniyatga ahamiyatli bo’lgan ozodlik tilida so’zlaydi. YUNESKOning maqsadi xam, jamoalar va madaniyatlar o’rtasidagi o’zaro tushunish va xamjihatlikni o’rnatishdir”. Jazni birinchi kuni bayramona dastur bo’yicha jonli ijroda taniqli sozandalar chiqishlari, maxorat-darslari , bu san'at turini rivojiga katta hissa qo’shgan insonlar bilan uchrashuvlar uyushtirildi. Bunday tadbirlar xar yili o’tkazilishi mo’ljallandi. Ilk bora “jaz” so’zi 1912 yili 2 aprel kuni nashr vositasida ishlatilgan.