SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
111214151617
18192021222324
252627282930 
Uzum va uzumchilar bayrami kuni.
0000-02-14

14 fevral - Uzum va uzumchilar bayrami  kuni.

Trifon Zarezan – Uzum va uzumchilar bayrami 14 fevral kuni nishonlanadi. Uning tarixi qadimgi antik davrda, Bolgariya yerlarida frakitseylar qabilalari yashagan paytdan  boshlangan. Ular  Uzum xudosi – Dionisga sajda qilishgan. Zamonaviy bolgarlar Bolqon yarim orolining shimoliy -sharqiy  qismida  7-asrlarda  yashagan frakiylarni uzum va uzumchilik udumlarini  o‘rganishgan. Shu asosida Uzum bayrami xalq ongiga marosim sifatida kirib  kelgan. Bu bayram ruhoniy Trifon  sharafiga  qo‘yilgan,u  250 yilda Nikeyda qatl qilingan. Afsonaga ko‘ra, qatl kunida mamlakatdagi barcha uzum novdalariga hasharotlar xujum qilishgan va uzumchilar muqaddas Trifondan uzumlarni himoya qilishni so‘rashgan. An’anaga ko‘ra, bu kuni kuzda ko‘proq hosil olish uchun   uzum novdalarini kesishgan, shu sababli  Bolgariyada muqaddas Trifonga Zarezan (kesilgan) deb nom berishgan. Hozirgi kunda muqaddas Trifon kunini nafaqat uzumchilar, balki bog‘bonlar, polizchilar va vino yetishtiruvchilar  ham bayram qilishadi. 14 fevral kuni bolgar uy bekalari tong sahardan quyosh chiqishi bilan turishadi.Ular  tovuqdan taomlar tayyorlashadi va maxsus yog‘ochdan ishlangan idishga uyda tayyorlangan vinodan  quyishadi. Uy bekalari bularni barchasini  non bilan yangi jundan to‘qilgan xaltaga solishadi va uy egasi bu xaltani yelkasiga ilib, uzumzorga  barcha qishloq erkaklari yig‘ilgan joyga boradi. Shu ondan boshlab bayram boshlanadi. Trifondan keyin bahor keladi  va uzumda bunday dam olishga imkoniyat bo‘lmaydi. Shuning uchun Bolgariya  qishloqlarida  3 kun davomida  qiziqarli ommaviy sayl  o‘tkaziladi. Erkaklar  tok qaychi  bilan  3ta  katta uzum novdasidan  3ta uzum shohini kesishadi. Keyin  o‘zlari bilan olib kelingan  vinoni uzum novdasiga to‘kishadi va uzumchilar qirolini tanlashadi.  Qirol boshiga uzum novdalaridan yasalgan toj kiydirishadi, yelkaga  uzum shodasini ilishadi. Qirolni  aravaga o‘tkazib, uzumchilarning o‘zlari uni tortishadi, qishloqqa yetib borgach, har- bir ko‘chadagi xonadon oldida to‘xtashadi. Uy bekalari oq idishda vino olib chiqadilar va birinchi bo‘lib qirolning ichib berishini, keyin esa qolgan jarayon ishtirokchilari  ichishadi. Vino qoldig‘ini yelka orqasiga to‘kib yuborishadi va barchaligi “Bizning hosil mo‘l bo‘lsin!, Bizning uyimizda mo‘l-ko‘lchilik bo‘lsin!” deb hayqirishadi. Marosim uzumchilar qiroli uyigacha davom etib boradi va qirol kiyimini almashtiradi, uzum shodasi va chambarakni  yechib, keyin boy dasturxon yozilgan stol boshiga  o‘tiradi va stol atrofiga barcha qishloq aholisi taklif etiladi. Uzum qirolini  o‘ziga to‘q oiladan tanlashadi, chunki u qishloqdagi barcha odamlarni boqa olishi kerak. Birinchi kuni vino daryo bo‘lib oqadi, bashorat qilishlaricha, yangi vino aynan shunday, Trifon Zarezan bayrami kunidagiday  bo‘ladi. Bayramning ikkinchi kunida yengil taomlar tarqatiladi va ko‘p miqdorda  kompot va  namokop ichiladi. Keyingi kun bo‘ridan himoyalanish kuni hisoblanadi. Bu kuni ayollar bo‘rining jag‘i ochilmasin deb,  qaychi ishlatmaydilar, tikmaydilar, to‘qimaydilar. Ular marosimiy non yopadilar va non bo‘laklarini  bo‘ridan himoya qilish uchun mol yemiga qo‘shadilar. Bu bayram  Bolgariyaning barcha viloyatlarida keng nishonlanadi.         



Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan