SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141517181920
21222324252627
28293031   
Vaysaki-sikxlarning Yangi yil bayrami
1699-04-14

Xindistonning Pendjab shtatida 13 yoki 14 aprel kunida eng sevimli bayramlaridan - (Vaisakhi) bayrami nishonlanadi. Pendjabda istiqomat qiluvchi sikxlar uchun bu ham diniy bayram, xosil bayrami va yangi yil kunidir. Vaysaki- Nanakshaxi kalendari bo'yicha Vaysakx oyining birinchi kunida o'tkaziladi. Sikxlar- (Sikhs)-xind halqi 15 asrda Pendjab territoriyasida paydo bo'lgan sikxizm diniga sig'inadilar. 1699 yili ohirgi, o'ninchi sikx gurusi Gobind Singx Xalsani tashkil etdi – jaxon tartibi g'oyasi bilan birodarlashib, tabaqalar o'rtasidagi farqni yo'qotish, insonlar o'rtasida tenglikni o'rnatishga qaratilgan. Bayram asosan sikxlarning ibodatxonasida o'tkaziladi, bundan tashqari dalada ham nishonlanadi, chunki, dehqonlar xosil bayramini nishonlaydilar. Erta bilan pendjabliklar gullar bilan ibodatxonaga yo'l olib, maxsus diniy tadbirda ishtirok etadilar. Ko'pchilik sikxlar hurmatga sazovor joylar- Tilla Ibodatxona yoki Anandpur Saxib muqaddas joylarga boradilar. Imkoni bo'lmaganlar mahalliy ibodatxonalarga boradilar. Vaysaki kunida sikxlarning muqaddas Guru Grand Saxib kitobi o'qiladi va mahsus, un va yog'dan tayyorlangan kara prasad tanavvul qilinadi. Kun davomida ko'cha bayramona shodiyonalar bilan gavjum bo'ladi. Minglab odamlar ashulla aytib o'yinga tushadilar, xamma bir-birini tabriklab, baxt tilaydilar. Pendjab fermerlari bayramni boshqacha nishonlaydilar. Ular yangi libos kiyib, milliy taomlar pishiradilar, Yarmarka, konsertlar tashkil etib, Yangi yil bilan bir-birlarini tabriklaydilar. Dalalarda yig'ilganlar xosil bayramiga bag'ishlab bxangra va gidxa milliy raqsga tushadilar. Bu ajoyib raqslar qishloq xo'jalik marosimlari: er chopishdan boshlab, ekin ekishgacha va xosil terimigacha ifodalovchi raqslar ijro etiladi. Bxangra raqsni rangli salla, oq kuylak, yorqin nimcha kiygan erkaklar ijro etadilar. Turfa rangli kiyimlar kiygan va yaltiroq taqinchoqlar taqgan ayollar Gidxa raqsini ijro qiladilar. O'yin-kulgi kechgacha davom etadi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan