SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2018
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
121314151618
19202122232425
262728293031 
Germaniyada dunyoda birinchi marta tramvayda yo‘lovchi tashish boshlandi
1881-05-16

133 yil  avval Germaniyada dunyoda birinchi marta  tramvayda yo‘lovchi tashish boshlandi
19 asr  oxirida Berlinning markazida, shahar  aholi soni million kishidan oshib ketgani sababli, kucha harakati juda qiyinlashgan  edi. Ahvolni yengillashtirish vositalaridan biri elektr  tramvay edi. Bu vaqtda elektr kompaniyasining boshlig’i  muhandis Verner Fon  Simens  passajir tashuvchi elektr tarmoq qurish  taklifi bilan chiqdi. 1879 yili  bahorda Simens  Berlin ko‘rgazmasida dunyoda birinchi elektr temir yo‘lini  taqdim etdi - " vagonlari bilan elektrolokomotiv ". Bu ixtiro  sensatsiya bo’lgan edi.  Uchta vagonchalik poyezd 18 yo‘lovchi bilan   7 VM / soat  tezlikda yurardi. Ko‘rgazmaning ko’plab tashrif buyuruvchilari  “par yoki otlar yordamisiz”  harakatlanayotgan bu g’aroyib poyezdga chiqib  sayohat qilish istagini bildirishdi. Temir yo‘llarga yevropa aholisi  odatlanib qolgan, lekin tutunli parovozi bo’lmagan poyezd ko’pchilikni  hayratda qoldirdi, lekin transportni elektrlashga bo’lgan  munosabat aholida sergaklik uyg’otardi. Shunday turdagi transportni yashash qobiliyatini  isbotlamoq uchun, Simens  o‘zining puliga tramvayning elektr bilan harakat qiladigan  ko’rgazma andozasini qurishiga  to‘g‘ri keldi . 1881 yili 16 mayda  Berlinning chekkasida, Lixterfeld bilan Kadet korpusi oralig’ida  dunyoda birinchi elektr tramvay o‘tdi. Dunyoda birinchi elektr temir yo‘lda yo‘lovchi tashish harakati shunday bo’lgan edi, shu bilan otlar o’rniga elektr  tortish kuchi ishlatila boshlandi.  30 km / soat tezlikda yuruvchi tramvay,  birinchi uch oy davomida 12 mingdan ortiqroq  yo‘lovchilarni manziliga yetkazdi. Birinchi tramvay,  birinchi elektrovoz kabi relslardan keluvchi elektr toki yordamida harakatlanardi. Bizga odatiy tamvay,  yoy  va simlar bilan, 1890 yilda paydo bo‘ldi. Yo‘lovchi transporti ko‘rinishidagi tramvay butun dunyoda juda tez tarqalib rivojlandi.
 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan