SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141516171820
21222324252627
28293031   
“Murzilka” jurnalining birinchi soni chiqan kun
1924-05-16

90 yil avval  "Murzilka"  jurnalining birinchi soni chiqdi

1924 yil 16 mayda Rossiyada kichik va maktab yoshidagi -  6 dan  12 yoshga qadar, bolalar uchun muljallangan  “Murzilka”  jurnalining birinchi soni chiqdi va  tez orada ommabop adabiy-badiiy bolalar nashri bo’lib qoldi. Murzilkaning  tarixi 1879 yilidan hisoblanadi, o’sha yili  kanadalik rassom va shoir Palmer Koks (Palmer Cox) kichik bir xalq  “brauni” (Brownie) haqida o’zining chizgan rasmlari bilan  bezatilgan she'rlar to’plamini  yaratdi. Birinchi marta “Wide Awake”  jurnalida nashr qilingan she'rlar tez orada tantanali yurishini  boshladi,  avvalo Amerikaga, keyin bo‘lsa  barcha dunyoga. Rossiyaga bo‘lsa ular taniqli yozuvchi  Anne Xvolson tufayli keldilar, qaysiki Koksning matnlarini personajlarga  boshqalar ismlar berib  erkin tarjima qildi. Murzilka nomi shunday tug’ilgan . 1913 yilda Rossiyada Xvolsonning “Yangi Murzilka” kitobi  chiqdi. Urmonda yashovchi kichik odamchalar sarguzashti va sayohatlari haqida, bosh qahramon  pakana odam   Murzilka - frak  kiygan, qo’lida xassacha va ko’zida monokl bilan. Ertaklar juda ham ommabop bo‘lgan edilar, lekin 1917 yili inqiloblardan  keyin kitobchani nashr qilmadilar, va bu qahramonni  hamma  esdan chiqardi.  1924 yili “Ishchi gazetada”  bolalar uchun jurnal  tuzishganda uni yana esga olishdi - “Murzilka”  nomi hammaga yoqdi. Lekin Sovet jurnalning  muqovasiga ajinasifat odamchani joylashtirib bo’lmasdi! Shuning uchun Murzilka malla kuchukchaga aylandi va har yerda o‘zining egasi - Petkadan ayrilmasdi. Lekin bunaqa Murzilka  qisqa vaqtgina bo’ldi,  1937 yilda yangi Murzilka-  sariq rangli serjun jonivor, qaysiki,  ayrim o‘zgartirishlar bilan hozirga qadar saqlanib kelmoqda. 2011 yilda “Murzilka”  Ginnesning rekordlar kitobiga “bolalar uchun  eng uzoq muddat nashr qilinayotgan jurnal” deb kiritildi. Uzoq yillik tarixi davomida hamma  bolalar uchun sevimli jurnalni chop etish biron marta xam uzilmagan. Xozirgi vaqtda  oynomada zamonaviy bolalar yozuvchilarning asarlari nashr etilyapti, shu jumladan horijiy yozuvchilarning ham. “Murzilka”ning  eng muhim farqi sifatli bolalar adabiyoti hisoblanadi. Unda  ertaklar, qissalar, bolalar uchun hikoyalar, pyesa, she'rlar chop etiladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan