SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2022
YaDuSeChPaJuSh
 123456
789101213
14151617181920
21222324252627
28293031   
Moyonez yaratilgan kun
1756-05-28

Mayonez kelib chiqishi haqida bir qancha taxminiy fikrlar mavjud. Hammasidan ko'ra ishonchlisi, barcha jarayon 1756 yilda fransuz shahri Maonda bo'lib o'tdi, u vaqtda angliyaliklar fransuz tuprog'ini etti yillik urush (1756-1763) davomida bosib olgan edilar. Fransuz marshali Lui Fransua Arman dyu Plessi, gersog Rishele boshchiligidagi armiyasida oziq-ovqatlar bilan ta'minlashda katta muammo vujudga keldi faqat o'simlik moy, tuxumlar va limonlar qolgan edi. Kundalik omletlar jonga tekkanidan, gersog Rishele oshpazga bor mahsulotlardan qanday bo'lsa ham o'zgacha taom tayyorlashni buyurdi. Oshpaz hech qanday qo'shimcha mahsulotlar topa olmagach, o'simlik yog'i asosida qayla tayyorlashga qaror qildi. Qayla juda shirin, yoqimli bo'lib chiqdi va fransuz harbiylari ko'ngliga to'g'ri keldi. Qayla "mayonezom" deb nomlandi–fransuzchada "mayonnaise", ya'ni "maonlik", o'ylab topilgan shahar nomi bilan. Bu voqea 1756 yili 28 mayda bo'lgan edi. Boshqa talqinga ko'ra, 1782 yilda gersog Lui Krilenskiy inglizlardan Maon shahrini jang qilib qaytarib olgan. Jangdan keyin ziyofat dasturxoni tuzilgan. Mexmonlarga shu joylarda shuhrat qozongan tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan qaylani birinchi marta tatib ko'rish uchun berishdi. Keyin qayla Yevropada tarqaldi, «maonda tayyorlangan» (fransuzchada – "mayonez") nomini oldi. Mayonez – bu tarkibida ko'p mahsulot qatnashadigan qayla, o'simlik yog'ini, suvni, tuxum kukunini, quruq sutni, uksus va ziravorlarni aralashtirish natijasida hosil bo'ladi. Bugun bu mahsulot dunyodagi deyarli barcha oshxonalarda ishlatiladi. Rossiyaliklar esa – Yevropada mayonezni eng ko'p tanovul qiladigan xalq. Shuning uchun bu fransuz ixtirosi hozir haqiqatdan milliy rus oziqa mahsuloti bo'lib qoldi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan