SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
O'zbekiston yozuvchisi Abdulla Qahhor tavallud topgan kun
1907-09-17

Abdulla Qahhor 1907 yil 17-sentyabr kuni Qo’qon shahrida temirchi oilasida tug’ilgan.Bolaligi Qo’qon va uning atrofidagi qishloqlarda o’tdi. Oqqo’rg’on qishlog’idagi Mamajon qorining usuli savtiya maktabida tahsil ko’rdi. Oilasi Qo’qonga ko’chib kelgach “Istiqlol”nomli sho’ro maktabiga o’qishga kiradi, undan internat,”kommuna”,”Namuna” maktablarida ,so’ng bilim yurtida tahsil ko’rdi.Bilim yurtining “Adib” qo’lyozma jurnalida dastlabki mashqlari bilan qatnashadi.Toshkentdagi “Qizil O’zbekiston” gazetasi tahririyatining “Ishchi-batrak” maktublari” varaqasiga muharrirlik qiladi.(1925). U gazetada ishlash jarayonida O’rta osiyo davlat universitetining ishchilar fakul’tetini tamomlaydi(1928). A.Qahhor yana Qo’qonga borib,dastlab o’qituvchilarni qayta tayyorlash kursida muallimlik qiladi; ko’p o’tmay “Yangi Farg’ona” gazetasiga kotib va “Chig’iriq” hajviy bo’limiga mudir etib tayinlanadi (1929). A.Qahhorning “Oy kuyganda” hajviy she'ri “mushtum” jurnalida Norin shilpiq taxallusi ostida bosildi (1924). So’ng uning bir qancha hajviy she'r va hikoyalari Mavlon kufur,Gulyor,Nish, Erkaboy,E-voy kabi taxalluslar ostida e'lon qilindi.

A.Qahhor 30-yillarda yana Toshkentga qaytadi va O’rta osiyo davlat universitetining pedagogika fakul’tetiga o’qishga kiradi.(1930) ayni paytda “Sovet adabiyoti” jurnalida  mas'ul kotib vazifasini bajaradi. O’zdavnashr muharrir va tarjimon(1935-53). 1954-56 yillarda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining raisi. A.Qahhor umrining oxirlarida davolanish uchun Moskvaga boradi va o’sha yerda vafot etadi. Toshkentdagi Chig’atoy qabristonida dafn etiladi.

A.Qahhor ijodi she'riyat bilan boshlangan esa-da, uning adabiy merosi negizini nasriy asarlar tashkil etadi. “Boshsiz odam” (1929) hikoyasi chop etilgan vaqtdan boshlab umrining oxirigacha hikoya,ocherk, publitsistika, qissa va roman janrlarida samarali ijod qildi. Uning “Boshsiz odam” hikoyasi bilan boshlangan hikoyanavislik faoliyatida esa tarixiy o’tmish aks ettirilgan. ”Qo’shchinor chiroqlari” (1951) romanida dastlabki varianti “Qo’shchinor” (1946) jamoalashtirish jarayonining voqyealari badiiy tasvirlangan.

A.Qahhorning 30-yillar ijodida uning birinchi romani-“Sarob” muhim o’rinni egallaydi.”Sarob” keng mavzuli roman bo’lgani uchun yozuvchi badiiy niyatini yalang'och holda ko’rsatmay uni shu davr hayotining boshqa manzaralari ko’rinishida reallashtirishga uringan.Voqyealar tasvirida yozuvchi hayot haqiqatini saqlab qolgan.

         A.Qahhor ijodiy hayoti davomida 40 dan ortiq asar e'lon qilgan. Bu kitoblar orasida 30 ga yaqin hikoyalar ham bo’lib, ular o’zbek adabiyotida hikoya janrining badiiy ufqlarini kengaytirgani bilan ahamiyatlidir.

A.Qahhorning nasriy asarlari orasida “Qo’shchinor chiroqlari” romani hamda “Sinchalak”(1965) va”muhabbat”(1968) qissalari muhim o’rin tutadi.

A.Qahhorning iste'dodi uchun komediya janri ham yaqin edi. Buni sezgan yozuvchi 50-yillar arafasida dramaturgiya sohasida ham qalam tebratib, shu davrning muhim mavzularidan biri-qo’riq yerlarni o’zlashtirish mavzuyida “Shohi so’zana” komediyasini yaratdi. Shuni aytish lozimki, bu komediyada qo’riq yerlarning -Mirzacho’lning o’zlashtirilishidan ko’ra ba’zi kishilar ongidagi sho’rning bartaraf etilishi mavzui birinchi o’ringa olib chiqilgan. Urushdan keyingi o’zbek adabiyotidagi asosiy konflikt-yangilik bilan eskilik o’rtasidagi ziddiyat  bu komediyada o’zining teran badiiy tasvirini topgan. Bu asarda Abdulla Qahhor ustalik bilan kulgili holatlar yaratgan va hajviy buyoqlardan mohirona foydalangan holda konfliktni o’ziga xos ravishda hal qilgan.  Ushbu komediya xorijiy mamlakatlar sahnasida ham o’ynalib,o’zbek teatr san'atining kamol topib borayotganini namoyish etdi.Bundan ilhomlangan yozuvchi “Og’riq tishlar”(1954), “Tobutdan tovush”(1962) hamda “Ayajonlarim”(1967) komediyalarini yaratdi. Bu asarlarda, xususan “Tobutdan tovush”da o’sha davr uchun xos bo’lgan illatlar xajv  o’ti ostiga olindi. Ayniqsa so’nggi asarda Abdulla Qahhor o’ziga xos noziki tuyg’u bilan jamiyatdan poraxo’rlikdek dahshatli illatni tag-tomiri bilan yo’qotish istagida uning ayrim ko’rinishlarini sahnaga olib chiqdi, u “So’nggi nusxalar” nomi bilan ham sahna yuzini ko’rdi.

Abdulla Qahhor yozuvchi sifatida o’zbek tilini nozik his etuvchi va uning boy imkoniyatlaridan  mahorat bilan foydalanuvchi qalamkash edi. U o’zining nasriy asarlarida ham, komediyalarida ham tildan foydalanish va ona tilining cheksiz imkoniyatlarini namoyish etishning ajoyib namunalarini berdi va o’z ijodi bilan o’zbek adabiy tilining kamol topishiga ulkan hissa qo’shdi.

A.Qahhor hayotining so’nggi kunlarida sho’ro jamiyatida shaxsga sig’inishning avj olishi orqasida yuz bergan fojealarni tasvirlovchi “Zilzila” qissai ustida ish olib bordi. Lekin uni tugata olmadi. A.Qahhor tarjimon sifatida ham mashhur.U Pushkin,L.Tolstoy,Gogol,Chexov asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. Ayni paytda A.Qahhor asarlari rus,ukrain, belorus,qozoq,qirg’iz, tojik, qoraqalpoq kabi tillarga tarjima qilingan. Unig ayrim hikoyalari esa ingliz, nemis, fransuz, Chex,polyak,bolgar, rumin,arab,hind,v’etnam tillarida chop etilgan./

A.Qahhor Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti(1966) laureati. “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (2000). Uning nomi Toshkent va Qo’qondagi bir necha ko’cha, maktab va jamoa xo’jaliklariga, shuningdek madaniyat uylari va respublika Satira teatriga berilgan.Toshkentda A.Qahhor uy-muzeyi ochilgan (1987).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan