Muhammadjonov Abdulahad Rahimovich (1928.26.12, Toshkent)-sharqshunos va arxeolog olim. O’zbekiston
fanlar akademiyasi (2000). Tarix fanlari doktori (1973), professor (1989). O’rta
Osiyo unverisitetini tugatgan (1951). 1956-1970 yillarda O’zbekiston fan Tarixi
va arxealogiya inistitutida katta ilmiy xodim, sektor mudiri va 1970-yildan
Arxeologiya inistitutining sektor mudiri, 1980-1983 yillarda direktori. O’zbekiston
fanlar vitse prezidenti (1996-1998), O’zbekiston fan Tarixi inistituti
direktori (1996-1998). 1998-2003 yillarda O’zbekiston fan Sharqshunoslik
inistitutida bosh ilmiy hodim. 1998-yildan O’zbekiston milliy unverisitetida
professor ayni vaqtda 1997-yildan “O’zbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnalning
bosh muharriri. Uning ilmiy ishlari O’rta Osiyoda sug’orma dehqonchilik,
irrigatsiya, gidrotexnika hamda dehqonchilik vohalarini vujudga kelishi va taraqqiyoti
tarixiga bag’ishlangan. Muhammadjonov Buxoro, Toshkent shaharlari qadimgi tarixi, ayniqsa,
ularning yoshini ilmiy asoslashga muayn hissa qo’shgan Vatanimiz tarixiy
toponimiyasi bo’yicha ilmiy asarlar va maqolalar nashr etib, tarixiy
manbashunoslik bo’yicha yangi ilmiy yo’nalishga asos soldi.