SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Avstraliya kuni
1788-01-26

1788 yil 26 yanvar - Avstraliya kuni.

Avstraliya, Avstraliya Ittifoqi (Commonwealth of Australia) – Janubiy yarim shardagi davlat, Avstraliya materigi, Tasmaniya oroli va boshqa orollarda joylashgan. Maydoni 7,682 mln km2. Poytaxti Kanberra shahri.

Avstraliya hozirgi aholisining asosiy qismi – Britaniya orollaridan ko‘chib kelganlarning avlodlari – inglizlar, irlandlar, shotlandlar bo‘lib, ular avstraliyaliklar millatini tashkil etadi. Bundan tashqari Avstraliyada ukrainlar, italyanlar, nemislar, greklar, gollandlar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tili – ingliz tili. Eng yirik shaharlari Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida, Pert.

Tarixi. 18-asrgacha Avstraliya aborigenlari ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashagan. Yevropaliklardan birinchi bo‘lib materikka golland dengiz sayyohlari V.Yanszon (1606) va A.Ya.Tasman (1642) kelganlar. Yangi qit’ani o‘rganish uchun Angliya bir necha ekspedisiya, jumladan J.Kuk rahbarligidagi ekspedisiyani yubordi (1770). 1788 yildan Angliya hududi deb e’lon qilindi. Milliy bayrami – Avstraliya kuni 26 yanvar.

Xo‘jaligi. Avstraliya –yuksak darajada rivojlanagan industrial agrar mamlakat. Iqtisodiyotda yirik monopoliyalar hukmron, xorijiy sarmoya, asosan AQSh va Buyuk Britaniya sarmoyasi katta mavqega ega. Avstraiya temir ruda, boksit, rutil, qo‘rg‘oshin, jun, shakarqamish mahsuloti eksport qilish sohasida yetakchi o‘rinda, ko‘mir, rux, mis, marganes, bug‘doy, go‘sht eksport qilishda oldingi o‘rinlardan birida turadi. Avstraliyada bolalarga 6 yoshdan 15 yoki 16 yoshgacha (har bir shtatdahar xil) majburiy ta’lim beriladi.

Tasviriy san’ati. Avstraliya badiiy madaniyati ikki asosga ega. Ularning biri aborigenlar san’ati (o‘ymakorlik, bumeranglarga naqsh solish, g‘orlardagi qoya toshlarda inson qiyofasini tasvirlash), ikkinchisi – yevropacha madaniyat. 18-asrning  oxiri 19 asrninng boshlarida Avstraliya tabiatining aynan aniq tasviri (K.Martens, A.L.Byuvelot) hajviy grafika (S.T.Xill) paydo bo‘ldi. 19- asr oxiri – 20 asrning 40- yillarida aborigenlarning yangi san’ati vujudga keldi (Namatjir va Pererulya oilalari). 

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan