SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2022
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141516171819
21222324252627
28293031   
Londonda "Xalqaro Umumiy Afv" inson huquqlarini himoya qiluvchi mustaqil nosiyosiy xalqaro tashkilot
1961-05-28

"Xalqaro Umumiy Afv" ( Amnesty International ) – inson huquqlarini himoya qiluvchi mustaqil nosiyosiy xalqaro tashkilot. Tashkilot muhim ishonchga asoslangan: inson huquqlari himoyasi – barchaning majburiyati- davlatlar chegaralaridan, irq va g'oyalardan tashqarida. Tashkilot 1961 yili 28 mayda Londonda yaratilgan edi. Uning asoschisi britaniyalik huquqshunos Piter Benenson. 1961 yilda u maqola yozdi va odamlarni hamma joyda kuchli xis-tuygusiz va tinch yul bilan barcha vijdon maxbuslarini ozod qilish uchun ish olib borishga chakirdi. Bir oy mobaynida har xil mamlakatlar mingdan ortiqroq odamlar amaliy yordam taklif qilishdi. Bir kishining inson huquqlari muammosiga diqqat jalb qilishga urinishi xalqaro harakatga aylandi. "Xalqaro Umumiy Afv" o'tkazayotgan kompaniyalar maqsadi: barcha vijdon maxbuslarini ozod qilmoq; siyosiy mahbuslar uchun adolatli va tezkor sudni ta'minlash; qatl etishni bekor qilmoq, maxbuslarga nisbatan qiynoqlar va qaxrli murojaatni to'xtatmoq; sudsiz ыatllar va odamlarning "g'oyib bo'lishi"ni to'htatmoq. Tashkilot faoliyati asosida inson huquqlari buzishilishi to'g'risidagi arizalarni diqqat bilan o'rganish yotadi. Londondagi xalqaro kotibiyat tadqiqiy bo'limga ega, kotibiyat har xil manba'lardan keladigan ma'lumotni to'playdi va tahlil qiladi. Bu yuzlab ro'znomalar va jurnallar, hukumat byulleteni, huquqshunoslar va ijtimoiy fanlarga oid tashkilotlarning ma'ruzalari, hamda mahbuslarning va ularning oilalaridan kelgan xatlar. "Xalqaro Umumiy Afv" faoliyati haqida yillik ma'ruza nashr qiladi, asosan a'zolik badallari hisobiga va xususiy exsonlar orqali moliyalashtiriladi. Lekin hech qaysi holatlarda u hukumatlarga pul so'rab murojaat qilmaydi va hukumatlardan pul olmaydi. Tashkilot BMTning inson huquqlari bo'yicha maslahatchisi rasmiy rasmiy maqomiga ega. 1977 yilda tashkilot Nobel tinchlik mukofotiga sazovor bo'lgan edi. 1978 yilda BMT ning odamni huquqlari uchun kurash sohasidagi mukofotini oldi. Hozir "Xalqaro Umumiy Afv" xalkaro harakatida 150dan ortiq mamlakatdagi 4, 6 million a'zolar va tarafdorlar qatnashayapti.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan