
Stendal (Stendhal) (taxallusi; asl ism-sharifi Anri Mari
Beyl) 1783 yil 23 yanvarda Grenobl shahrida tug‘ilgan, fransuz yozuvchisi. Advokat
oilasida tug‘ilgan. 1799 yilda harbiy vazirlik xizmatiga kirgan, Napoleon I armiyasida
xizmatda bo‘lgan (1806-14). So‘ng Italiyaga kelib, J.Bayron bilan tanishgan. Itayan
romantiklarining “Conciliatore” (“Yarashtiruvchi”) jurnali bilan hamkorlik qilgan.
1815 yildan boshlab Stendalning dastlabki asarlari e’lon qilina boshlagan. Bu asarlardagi
respublikachilik ruhi va cherkov sha’niga aytilgan nomunosib so‘zlar Avstriya polisiyasida
Stendalga nisbatan shubha uyg‘otadi. Hayoti xavf ostida qolgan Stendal 1812 yildan
Parijga qaytib, maqolalar yozadi, romantizm haqidagi munozaralarga kirishadi va
publisistik risolalar e’lon qiladi. 1830 yil Iyul inqilobidan keyin Stendal dastlab
Triestda, so‘ngra Rim yaqinidagi bir shaharchada fransuz konsuli lavozimida xizmat
qiladi. Stendal hayotining bu shaharchadagi so‘nggi 10 yili qizg‘in ijod bilan kechadi.
Stendal ijodi 18-19 asrlarning tutash nuqtasida
boshlanganiga qaramay, u imperiya halokatga uchragunga qadar havaskor yozuvchi darajasidan
yuqori ko‘tarilmadi. 1814 yildan Tiklanish (Restavratsiya)ning so‘ngiga qadar bo‘lgan
davrda Stendalning ijtimoiy-falsafiy va adabiy-estetik qarashlari uzil-kesil
shakllandi. U shu davrda “Gaydn, Motsart va Metastazio hayoti” (1817), “Italiyadagi
rangtasvir tarixi”, “Rim, Neapol va Florensiya”(1817), “Muhabbat to‘g‘risida”
(1822), ”Rossini hayoti” (1824), “Rasin va Shekispir” (1823-25), “Rim bo‘ylab sayr”(1829)
singari publisistik, falsafiy-psixologik, shuningdek, san’at haqidagi asarlari va
yo‘l xotiralarini e’lon qildi. U qariyb 30 yil davom etgan tayyorgarlikdan keyin
yirik badiiy asarlar yozishga kirishib, “Armans” (3 jildli,1927), “Qizil va qora”
(1939) romanlari, “Vanina Vanini” (1829) hikoyasi, “Vittoriya Akkoramboni”, “Chenchi”
(1837), “Gersoginya Palliano” (1838) va “Kastrolik abbatisa” (1839) singari yo‘l
xotiralarini yaratdi. Bundan tashqari Stendal shu davrda “Xudbinniig xotiralari”
(1832) va “Anri Byurolar hayoti” (1835) avtobiografik qissalari, “Lyusen Leven”
(1834-36), “Lamel” (1839-42) romanlari, “Minna Vangel” (1829-36) qissasi va boshqa
asarlarini yozdi. Stendal adabiyotshunoslik, san’at tarixi, falsafa va psixologiya
masalalariga oid asarlar yaratgan. Uning asosiy asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
Stendal1842 yil 23 martda Parijda vafot etgan.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi T:.2004