SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
31      
Qatag‘on Qurbonlarini yod etish kuni
0000-08-31

Ajdodlarimiz azal-azaldan  to‘y, bayram qilishdan oldin o‘tgan ajdodlarimiz хotirasini yodga olishgan, marhumlar sha’niga duolar o‘qib, is chiqarishgan, elga osh tortishgan. O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qatag‘on qurbonlarini  yod etish kunining joriy etilishi –tarixiy an’analarni yangi zamonaviy shaklda tiklashning eng ibratli namunasi bo‘ldi. Yurtboshimizning tashabbusi  bilan Toshkentning Yunusobod tumanida bunyod etilgan. “Shahidlar hotrasi” yodgorlik majmuiga  31 avgust tongida mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan yuzlab vatandoshoarimiz yig‘ildi . O‘zbekiston Prezidentining “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risidagi”  Farmoniga muvofiq, hozir “Shahidlar hotirasi majmuyini yanada obodonlashtirish. Xususan, ko‘plab qatag‘on qurbonlarning nomlari aniqlanib, ularga taalluqli buyumlar, shuningdek, faoliyatiga doir materiallar, qiziqarli axborotlar, suratlar  vaboshqa hujjatlar yig‘ilmoqda. Ular tabiiyki, nohaq jabrlanib, shahid ketgan ota- bobolarimizning  fojiali qismatini yodga solib turadi. Хotira va qadrlash kuni xalq ozodligi yo‘lida shahid ketgan vatandoshlarimiz xotirasini yod etish nafaqat tarixiy haqiqatni tiklash, ularning pok nomlarini oqlash , balki ularning ibratli hayoti va kurashi misolida yosh avlodda  istiqlol qadriyatlariga xurmat va sadoqat tuyg‘usini tarbiyalash, vatanparvar va xalqsevar ota-bobolarning olijanob an’analarini ular ongi va shuuriga singdirish buyuk kelajagimiz me’morlarini voyaga yetkazish ishiga ham xizmat qilajak” –deydi “Shahidlar xotirasi” xayriya jamg‘armasi raisi Naim Karimov. Shuni alohida  ta’kidlash kerakki, “Xotira va qadrlash kuni”ni uyushtirish halqimiz tomonidan keng qo‘lab-quvvatlandi. Uni tashkil etish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.   

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan