SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617192021
22232425262728
2930     
Rus adabiy tilining asoschisi Mixail Lomonosov Vasilevich tavallud topgan kun
1711-11-08

Mixail Lomonosov Vasilevich 1711 yil 8 noyabrda Arxangelsk shahrida tug'ilgan. Rus tabiatshunos olimi, rus adabiy tilining asoschisi, shoir, rassom, tariхichi. Moskvada, Kiуevda (1734), so'ngra Peterburg akademiya unversitetida o'qigan (1735). 1736 yildan Germaniyaning Merburg va Frayburg unversitetlarida kimyo va metallurgiya fanlaridan ta'lim olgan. Peterburg Fanlar Akademiyasining birinchi akademigi (1745). 1748 yilda Rossiya Fanlar Akademiyasi qoshida 1-kimyoviy labaratoriyaga asos solgan. 1755 yilda Lomonosovning tashabbusi bilan Moskva unversiteti tashkil etilgan (keyinchalik unga Lomonosov nomi berilgan). Moddalarning atom-molekulyar tuzilishi haqidagi tushunchalarni rivojlantirgan, kimyoviy reaksiyalarda massaning saqlanish qonunini topgan (1756), korpuskulyar (atom-molekulyar) ta'limoti asoslarini taklif etgan (1741-50). Venera sayorasida atmosfera mavjudligini aniqlagan (1761). Falsafiy va grajdanlik ruhidagi rus odasining ijodkori. Dostonlar, she'riy nomalar, tragediyalar va hajviy asarlar, fundamental filologik tadqiqotlar hamda rus tilining ilmiy grammatikasi muallifi. Ranglar haqidagi nazariyani olg'a surgan. Bir qancha optik asboblar yasagan. Mozaika san'atini rivojlantirgan, smaltalar ishlab chiqarishga katta hissa qo'shgan, shogirdlari bilan birga koshinkor naqshlarning yangi turlarini taklif etgan. Shvetsiya Fanlar Akademiyasi (1760), Bolonya Fanlar Akademiyasi (1764) faxriy a'zosi. Lomonosov 1765 yil Peterburg shahrida 4 aprelda vafot etdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan