28 Sentyabr Xalqaro gunglar kuni
1951-09-28

28 Sentyabr Xalqaro gunglar kuni
Xalqaro karlar (qulog'i yaxshi eshitmaydiganlar) kuni
1951 yilda Butunjahon kar va soqovlar federasiyasi yaralishi sharafiga ta'sis etilgan. Statistikaga ko'ra , dunyo bo'yicha har to'qqizinchi odam eshitish qobiliyatining buzilishida aziyat chekadi.
Eshitish qobiliyati pasayishi jarohat , kasallik natijasida yoki tug'ma bo'lishi mumkin.
Dunyoda 2500 ta til bor. Lekin bundan tashqari yana bir muloqat shakli borki, oxirgi paytda yanada ko'proq ilmli insonlarni qiziqtirib kelmoqda, bu imo-ishora tilidir – kongress, simpozium, konferensiya kabi kar va soqovlar tadbirlarida xizmat ko'rsatish uchun Butunjahon karlar federasiyasi 50 – yillarda “jestuno” nomli imo-ishoralar tizimini ishlab chiqdi.
1960 yilda abbat de L’Epe Fransiyada birinchi Parij karlar institutiga asos soldi. Abbat imo-ishora tilining tarafdori edi. Karlar kam gap va odamovi degan afsonalarga ishonmang. O'nlab ajoyib va buyuk shaxslar kar bo'lishgan. P’er de Ronsar Tiklanish davri shoiri, yaxshi raqqos bo'lgan , uni “fransiya shoirlari shahzodasi” deb atashgan.
Tarixda kar bo'lgan buyuk shaxslar ; Viktor Gyugo, Lyudving Van Betxoven – buyuk kompozitor, Antonio Sta'oli – italyan rassomi, Klod-Andre Desen – fransuz haykaltaroshi, Jan Jak Russo fransuz faylasufi va yozuvchi.