SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
PISKENT TUMANI tashkil etilgan kun
1926-09-29

29 sentyabrda PISKENT TUMANI tashkil etilgan
Piskent tumani - Toshkent viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Shimoliy va shimoliy -sharqdan Ohangaron va O’rta Chirchiq, g’arbdan Oqqo’rg’on, janubiy-g’arbdan Bo’ka tumanlari, janubdan Tojikiston Respublikasining Sug’d viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 0,79 ming km2. Aholisi 86.3 ming kishi (2003). Piskent tumanida 1 shahar (Piskent), 6 qishloq, fuqarolari yig’ini (Do’ngqo’rg’on, Kerovchi, Murotali, Koriz, Oqtepa, Said) bor. Tuman markazi — Piskent shahri.
Tabiati. Tuman hududi Qurama tog’ tizmalarining etaklarida va Ohangaron daryosining chap sohilida, Chirchiq - Ohangaron vodiysi boshlanadigan yerda joylashgan. Yer usti sharqdan g’arbga tomon qiya. O’rtacha balandligi 300—2500 m. Sharqiy qismi Qurama tog’lari, adirlar, cho’l, yaylovlar bilan band. Rel’efi bir oz past-baland, eski daryo o’zanlari, jar va jilg’alar bilan parchalangan. Tumanning g’arbiy qismida sug’oriladigan yerlar joylashgan. Tuproqlari, asosan, tipik bo’z tuproqlar, pastqam joylarda o’tloqi, botqoq-o’tloqi, allyuvial tuproqlar. Tumanning chekka sharqida to’q bo’z tuproqlar va qo’ng’ir tuproqlar tarqalgan bo’lib, bu yerlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Qurama tog’idan Ohangaron daryosi oqib tushadi, tog’ Qizota, Qovuldi, Olmaliqsoy, PargandaQoraqiyosoy oqib o’tadi. Anhor, Bo’ka, Sho'r, O’rtaariq, Bo’rjar singari qadimgi kanallar, Shim. Toshkent kanali bor. Shimoliy chegarasi bo’ylab Toshkent suv ombori («Toshkent dengizi») joylashgan. Iqlimi mo’’tadil issiq, quruq. Yillik o’rtacha t-ra 13,5o; iyulning o’rtacha t-rasi 27°, eng yuqori t-ra 41,1°, yanvarniki —1,0°, eng past t-ra — 27,2°. Vegetasiya davri 210—220 kun. Yillik yog’in 350 mm. Yovvoyi o’simliklardan tekisliklarda qamish, dashtda shuvoq sho’ra, tog’ oldi yerlarida bo’tako’z, daryo va soylarning vodiylarida archa, do’lana, zarang, olcha, olma, chetan (ryabina) va boshqalar o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan daryo qayirlarida bo’ri, chiyabo’ri, yumronqoziq, quyon, to’qay mushugi, o’rdak, g’oz, qirg’ovul, tog’larda kaklik, bedana, mayna, loyxo’rak, suvilonlar, ondatra yashaydi. Tumanning sharqiy qismida foydali qazilmalardan mis, qo’rg’oshin, rux, oltin, molibden va boshqa nodir metall rudalari, flyuorit, ohakchosh, shag’al, qum va boshqa, turli xil qurilish materiallari olinadi.
Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 109.2 kishi. Shaharliklar 31.4 ming kishi, qishlok, aholisi 54,9 ming kishi (2003).
Xujaligi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa, kurilish korxonalari bor. Shirkat va dehqon-fermer xo’jaliklari paxtachilik, g’allachilik,bog’dorchilik, chorvachilik bilan shug’ullanadilar. Tumanda 66 davlat, 1243 nodavlat korxonasi, 1 qo’shma korxona, 10 aksiyadorlik jamiyati, 2 jamoa, 8 shir kat xo’jaligi. 970 fermer xo’jaligi faoliyat ko’rsatadi. (2003).
Tumanning sug’oriladigan ekin maydoni 20,7 mingga, shu jumladan, Piskent tumanidagi sog’lomlashtirish majmui.
10 ming ga yerga paxta, 8,4 ming ga yerga don, 420 ga yerga poliz va sabzavot ekinlari ekiladi (2003). Piskent tumanidagi 43 umumiy ta'lim maktabida 20,2 minpa yaqin o’quvchi ta'lim oladi. Yordamchi internat maktabi, kasb-hunar kolleji, 8 klub, 22 kutubxona, madaniyat va istirohat bog’i, 8 stadion mavjud.
Markaziy kasalxona, yuqumli kasalliklar va bolalar kasalxonalari, 4 qishloq vrachlik punkti, 5 vrachlik ambulatoriyasi, markazlashgan dorixona, 10 xususiy dorixona aholiga xizmat ko’rsatadi. 1932 yildan «Mehnat bayrog’i» tuman gazetasi chiqadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan