SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627293031 
Internet tashkil etilgan kun
1969-09-30

1969 yil 30 sentyabr – Internet tashkil etilgan kun.
Zamonaviy hayotni internet tarmog’isiz tasavvur etish mumkin emas. Chek-chegarasiz ma'lumot olish imkonini beruvchi qidiruv tizimi, ming-minglab chaqirim naridagi yaqinlarimiz bilan bir zumda bog’lanish imkoniyati, axborotni masofadan turib uzatish va qabul qilish, yillab ko’rishmagan insonlarimizni izlab topish, elektrik tarmoq orqali savdo-sotiq ishlarini amalga oshirish, mehnat faoliyatini osonlashtiradigan dasturlardan foydalanish, boringki, ismimizni oshkor qilmay, dardimizni to’kib --solish, yolg’izlikka barham berish... yana uzoq davom ettirish mumkin bu ro’yxatni. Xullas, ana shu beminnat bezabon vositaning “tavallud kuni” 30 sentyabr sanasiga to’g’ri kelar ekan.
1969 yil, kuzning ilk kunlari. AQShning Kaliforniya universitetiga yig’ilgan 20 chog’li tadqiqotchi ko’z ko’rib, quloq eshitmagan ajoyib mo’jizaning guvohi bo’ldilar: tarixda ilk bor ikki kompyuter uch metrli qalin kabel orqali bir-biri bilan muloqotga kirishadi-belgilangan ma'lumotni uzatadi...
2012 yil boshida dunyo bo’ylab internetdan foydalanuvchilar soni 2 milliarddan oshganligi e'lon qilindi. Statistik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, butunjahon “o’rgimchak ini”ga “ilinganlar” ning deyarli yarmini 25 yoshga to’lmaganlar, aynan shuncha qismini Osiyo davlatlari aholisi tashkil etadi. Ma'lumotlarga ko’ra, bugungi kunda 9 milliondan ziyod yurtdoshlarimiz ham internet bilan oshno bo’lib ulgurgan.
Ma’lumot: Jahon adabiyoti.2012.9


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan