SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
222324252627
28293031   
Kompozitor Manas Leviyev tavallud topgan kun
1912-07-25

Leviyev Manas Betyanovich (1912. 25.7,  Namangan-1990. 30.4 Toshkent)- kompozitor, O`zbekistonda xizmat  ko`rsatgan  sa'nat  arbobi  (1962), O`zbekiston   xalq artisti (1972 Samarqand musiqa  va xariyografiya institutida  ta'lim  olgan  1930- 32), Leningirad konservatoriyasini  tugatgan (1944). 2-jahon  urushi  qatnashchisi(1941-42). Manas ijodida o`zbek va tojik xalqlari ohanglari  kampazitorlikka xos ko’p  ovozlik  vositalar  bilan uyg’unlashgan.  Kuylari nafis  va jozibador  garmoniyasi  oddiy  va shirador  bo`lib, deyarli barcha asarlari  hayotbaxsh,  ko`tarinkilik  ruhi  bilan   sug’orilgan. Ko’p qirrali  ijodida  vokal musiqasi  asosiy o`rin tutadi: “Dilistonim,  sen mening”, “Go`zal tong”, “Sadoi  bulbul” kabi romanislari, “O`zbek  qizi ovozi”, “O`rik gullaganda” singari qo`shiqlari va  boshqalar. Leviyev o`zbek  musiqali  drammasi  ayniqsa, musiqali  komediya  janirining  rivojiga  katta hissa  qo`shgan. “Oltin qo`l” (Uyg`un, 1949), oxirgi  tahriri (1958), “Toshbolta  oshiq” (H G`ulom, 1961),  “Toshkentning nozanin malikasi” (H. Muhammad 1978), “Qizil durrali nozik niholim” (Ch. Aytmatov, H. G`ulom (1978) asarlari  mazkur janirning barkamol namunalariga  aylandi. Leviyevning “Suhayl va Mehri” M. Burhanov, Ok. Akbarov bilan hamkorlikda, (1958), “ Mahallada duv- duv gap” 1961. “O`tgan kunlar” (1969) kabi  kinofilmlarga yozgan musiqasi  yorqin va ommabop  ohang hamda usullari bilan  ajralib  turadi. Hamza  nomidagi O`zbekiston  Davlat mukofoti  laureati (1979).

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan