SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
Zinger tikuv mashinasi ixtiro qilingan kun
1755-08-12

Tikuv mashinasi –Kiyim–kechak tikuv, buyumlarini bezash (choklar hosil qilib naqsh tushirish), ularni qavish va boshqa maqsadlarida ishlatiladigan mashina. Tikuv mashinasini birinchi marta 1755 yilda ingliz ixtirochisi Ch.F.Veyzental ixtiro qilgan. Nemis ixtirochisi I.M. Zinger tikuv mashinasini takomillashtirdi. Shundan so‘ng sanoatda keng qo‘llanila boshladi. Tikuv mashinasi choqlaydigan, tugma qadaydigan, tepchiydigan  (ko‘klaydigan ) va hakazo, qo‘lda, oyoqda va elektr bilan harakatlanadigan, mokili va mokisiz, bir va ko‘p ignali xillarga bo‘linadi. Ishlash prinsipiga qarab, universal (turli operatsiyalarni bajaradigan) va maxsus (bitta operatsiyani bajaradigan) tikuv mashinasi bo‘ladi. (mas., tugma qadash mashinasi). Universal tikuv mashinasining eng ko‘p tarqalgani bir ignali, mokili choklovchi mashinadir. Bular sanoat va uy-ro‘zg‘orda keng ishlatiladi. Ko‘p ignali tikuv mashinalari ichida ikki ignalisi ko‘proq qo‘llaniladi.  Choklarni payvandlab va yelimlab biriktiruvchi tikuv mashinalari ham bor. Tikuv mashinadan tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, galanteriya sanoati va uy-ro‘zg‘orda foydalaniladi. Yevropa mamlakatlarida Toshkentda maxsus tikuv mashinalari keng qo‘llanila boshladi, keyin boshqa hududlarga, shu jumladan, O‘zbekistonga ham tarqaldi. Toshkent taraqqiyotining hamma davirlarida bichiqchilik uning ajralmas qismi bo‘lgan. O‘rta Osiyoda, shu jumladan O‘zbekistonda hunarmandchilikdan yengil sanoatning yirik tarmog‘iga aylandi. Zamonaviy texnika bilan uskunalangan korxonalar tashkil etildi. Mahalliy tikuvchi, kosib va hunarmandlar Toshkentning yangi texnikasini o‘zlashtirdilar.  


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan