SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
Xalqaro birinchi tibbiy yordam ko'rsatish kuni
2000-09-13

13 sentyabr Xalqaro birinchi tibbiy yordam ko'rsatish kuni.

Xalqaro birinchi tibbiy yordam ko'rsatishda, insonlarni hayotini saqlab qolishda tibbiy yordam hal qiluvchi omillardandir. Hozirda butun dunyoda 13 sentyabrda ushbu bayramni nishonlaydilar.

2000 yildan boshlab sentyabr oyining ikkinchi shanbasida o'tkaziladi.Bayram tashabbuskorlari Qizil xoch harakati a'zolari va Qizil yarimoy jamiyatilaridir. Birinchi tibbiy yordam ko'rsatishdan maqsad jabrlanuvchiga zarur bo'lgan eng oddiy tibbiy muolajalarni qilish, og'riqni kamaytirish va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarni oldini olish. Albatta bunday yordamni tibbiyot xodimlari ko'rsatishadi. Ulardan tashqari birinchi tibbiy yordamni ko'rsatishni har bir odam ham bilishi zarur. Ammo hayot shuni ko'rsatadiki birinchi tibbiy yordam zarur bo'lgan holatlar to'satdan vaqt kam bo'lganda va tibbiy ma'lumotli odamlar yo'q bo'lganda yuzaga keladi. Shuning uchun bunday holatlarda tez harakat qilish zarur.

Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra har yili yo'l harakati hodisalari , kuyish, cho'kish va yiqilish natijasida o'lim hodisalarining 10 % ini va nogironlik hodisalarining 15 % ini tashkil etadi.

                Shuning uchun ham turli davlatlarda xalqaro Qizil krest va Qizil yarimoy jamiyati va boshqa tibbiyot tashkilotlari tomonidan jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish zarurligi va usullari haqida konsultasiya (maslahatlar) o'tkaziladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan