SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141517181920
21222324252627
28293031   
Tatar shoiri Abdulla To'qay tavallud topgan kun
1886-04-14

Abdulla To'qay (taxallusi; asl ismi To'qaev Gabdulla Muhammadgarifovich) (1886.14.04, Qozon gubernyasi Qushlovich qishlog'i (Archa tumani) — 1913.02.04, Qozon) — tatar shoiri, publisist. 1902 yildan she'rlar yoza boshlagan. 1905 yil harf teruvchi bo'lib ishlagan. «Fiker» (Fikr) gazeta va «Al-asr al-jadid» («Yangi asr») jurnaliga she'r, feleton va publisistik maqolalar yozib turgan. Abdulla To'qay 1907 yil G. Kamolov bilan hamkorlikda «Yashen» satirik jurnalni chiqaradi. 1910 yil «Yalt-yolt» jurnalida ishlaydi. Tatar xalqining ozodlik uchun kurashi «Ozodlik haqida», «Tekinxo'rlarga», «Dunyo bu», «Ketmaymiz», «Tovush», «Turmush» kabi she'rlari, «Mahoraba va davlat dumasi» maqolasi va boshqalarda yorqin aks etgan. Abdulla To'qay tatar adabiyotida tanqidiy realizmga, bolalar adabiyotiga asos soldi. Zamonaviy tatar adabiy tilini yaratuvchilardan biri bo'ldi. Taraqqiyotga to'sqinlik qiluvchi eskilik sarqitlariga, mutaassiblikka qarshi kurash, ilg'or ma'rifat-parvarlik g'oyalarini ilgari surish shoir ijodining muhim mavzularidir. Abdulla To'qay tatar she'riyatining g'oya va mazmunigagina emas, shakli, ifoda vositalariga ham yangiliklarni joriy qildi. Xususan, uning xalq ohanglari va qo'shiqlariga moslab yozgan she'rlarining ruhi Turkistondagi milliy, ijtimoiy uyg'onishga hamohang bo'ldi. Abdulla To'qay she'rlari dastlab 1913 yilda o'zbek tiliga tarjima qilinib, darsliklarga kiritilgan («Tuvgon til» — Avloniy, «Turkiy guliston», T., 1913 va boshqalar). Tataristonda Abdulla To'qay nomidagi respublika davlat mukofoti ta'sis etilgan (1966). Toshkentdagi ko'chalardan biriga Abdulla To'qay nomi berilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan