SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2018
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617192021
22232425262728
293031    
Surxondaryo viloyatning Angor tumani tashkil topgan kun
1952-04-16

Angor tumani — Surxondaryo viloyatning tumani. 1952 yil 16 aprelda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Termiz tumaniga birlashtirilgan. 1979 yil 4 dekabrda qayta tuziddi. Angor tumani viloyat janda joylashgan. Termiz, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq va Jarqo'rg'on tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,39 ming km2. Aholisi 85 ming kishi (1997). Angor tumanida 1 shaharcha (Angor) va 7 qishloq fuqarolari yig'ini (Istiqlol, Do'stlik, Zang, Navoiy, Tallimaron, Yangiobod, Qayran) bor. Markazi — Angor shaharchasi. Angorda millod avval 6 — 4- asrlarda aholi manzillari bo'lgan. Kushan podsholigi davrida (1—3- asrlar) dehqonchilik vohasi tarkib topgan. Zartepa qal'asi Angorning markazi bo'lgan. 6 — 7-asrlarda qal'alar, qo'rg'onlar vujudga kelgan. O'tmishda Angor Termizga boradigan savdo karvoni qo'nib o'tadigan qishloq hisoblangan. Tabiati. Tuman viloyatning eng janubida joylashgan. Shimolida Kiziriq, Angor shaharchasida urushda halok bo'lgan jangchilar xotirasiga qurilgan yodgorlik. Shimolida Xovdog', janubiy-sharqida Qoraqir qirlari bor. Ular orasida Kattaqum joylashgan. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Qishi qisqa, iliq. Yanvarning o'rtacha temperaturasi 2 — 3°. Yozi issiq, davomli. Iyulning o'rtacha temperturasi 31 — 32°. Yiliga 120 — 130 mm yog'in tushadi. Vegetasiya davri 300 kun. Tuman hududining g'arbiy qismidan Sherobod daryosining quyi qismi oqib o'tadi. Zang kanalidan tarmoqlanadigan ariqlardan sug'oriladi. Tuprog'i bo'z, taqir, qumloq tuproq. Tuproq sho'rlanishini kamaytirish uchun tuman hududi bo'ylab shimoliy-sharqdan janub-g'arb yo'nalishida zovur qazilgan. Sho'ra, yantoq, jing'il, qiyoq, qamish, burgan kabi cho'l o'simliklari o'sadi. Tuman hududining ko'p qismi o'zlashtirilganligi sababli cho'l-dashtga xos yovvoyi hayvonlar deyarli uchramaydi. Aholisiningaksari qismi o'zbeklar; shuningdek tojik, turkman, rus, tatar, yahudiy va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga o'rtacha 218 kishi to'g'ri keladi. Aholisining 90% dan ortig'i qishloqlarda yashaydi. Xo'jaligi. Angor tumanida 8 jamoa xo'jaligi, 104 dehqon-fermer xo'jaligi, 36 hissadorlik jamiyati, 123 kichik korxona, 7 sanoat korxonasi bor. Tuman g'alla, paxta va sabzavot-poliz mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashgan. Bog'dorchilik va tokchilik bilan ham shug'ullaniladi. 1999/2000 o'quv yilida 40 dan ortiq umumiy ta'lim maktabida 20559 o'quvchi ta'lim oldi. 20 mingdan ziyod maktabgacha tarbiya muassasasi, muallimlar tayyorlash, kasb-hunar liseyi, 2 iqtidorli bolalar liseyi mavjud. 30 kutubxona, madaniyatuyi, 14qishloq klubi, Angor shaharchasida A. Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog'i, «Orzu» kinoteatri aholiga xizmat ko'rsatadi. Markaziy kasalxona, 8 qishloqam-bulatoriyasi, 52 feldsher-akusherlik punkti, 2 poliklinika, markaziy stadion, 12 sport zali, 28 futbol maydonchasi ishlab turibdi (2000).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan