SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212224
25262728293031
Moda olamining yirik namoyondalaridan biri bo'lgan Gabriel Shanelning tavallud topgan kuni
1883-08-19

1883 yil 19 avgust kuni  moda tarixining yirik namoyondasi dunyoga kelgan. Gabriel Shanel, Koko Shanel tahallusi bilan mashhur fransuz kutyuresi, qimmatbaho oddiylikni yaratgan ijodkor moda dunyosining yigirma yilligi tarixida juda ahamiyatli rol o‘ynagan. Shanel 1883 yil 19 avgust kuni Somyureda dunyoga kelgan. Onasi olti yoshligidan dunyodan ko‘z yumgan, keyinroq ota ham to‘rt yasharli ukasi bilan Shanelni tashlab ketgan. Bolalar qarindoshlari g‘amxo‘rligida bo‘lgan va ular birmuncha vaqt bolalar uyida tarbiya olgan. 18 yoshida Gabriel kiyimlar do‘koniga sotuvchi bo‘lib ishga kirgan, bo‘sh vaqtida kabareda qo‘shiq aytgan. Uning sevimli qo‘shig‘i «Qui qua vu Coco»  hamda “Ko Ko Ri Ko” bo‘lgan, shu sababli unga Koko tahallusini berishgan. Gabrielni qo‘shiqchilik san’ati bilan shug‘ullanishga vaqti yetmasdi, biroq uning chiqishlaridan birida ofitser Eten Balzan unga mahliyo bo‘lib qolgan. Shanel u bilan Parijga ketgan, oradan vaqt o‘tgach,  u ingliz sanoatchi Artur Kapelnikiga ko‘chib o‘tgan. 1910 yil Parijda u o‘zining shaxsiy shlyapalar do‘konini ochdi. 1912 yili esa Dovileda o‘zining birinchi Modalar uyini ochdi, lekin birichi jahon urushi ijodiga to‘sqinlik qildi. 1921 yili Koko Parijning Kambon ko‘chasida Modalar uyini ochadi, bu paytga kelib, uning haridorlari butun dunyoda edi. 1921 yil mashhur Chanel №5  duhisi paydo bo‘lgan. Koko Shanel kundalik kiyim o‘rnida ham, ziyofat kechalarda ham birday kiyish mumkin bo‘lgan qora ko‘ylakchani ommabop qilgan. Juda baland muvaffaqiyatga qaramay, Shanel 1939 yili Parij shahridagi barcha butik va modalar uyini yopdi, sababi Ikkinchi jahon urushi boshlangan. Ko‘pchilik kutyurelar shaharni tark etgan, lekin Shanel Parijdan ketmadi. Urush tugagach, u Shvetsariyaga ketdi. 71 yoshli Shanel 1954 yilli moda dunyosiga qaytib keldi va yongi kolleksiyalarni taqdim etdi. 1950-60 yillar u turli gollivud studiyalari bilan hamkorlik qildi, Odri Xepbern va Liz Teylor kabi yulduzlarni kiyintirdi. 1971 yil 10 yanvar kuni buyuk Gabriel hayotdan ko‘z yumdi. U 87 yshida Parijdagi Ris otelida yurak hurujidan vafot etdi va (Shvetsariya) Lozannaga dafn qilingan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan