SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2017
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
101112131415
17181920212223
24252627282930
31      
Atoqli rejissyor Nabi G'aniev tavallud topgan kun
1904-09-15

15 centyabr – Atoqli rejissyor Nabi G'aniev tavallud topgan kun.

G’aniyev Nabi (1904.15,09, Toshkent- 1953.29.10) - kinorejissyor, o’zbek kinochisining asoschilaridan. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi (19440. Moskvadagi Oliy davlat badiiy - texnik ustaxonasining rabfakida o’qigan (9121-25). Otasi uni o’z kasbini davom ettirishini istar edi. Avvaliga diniy, keyin sho'ro maktabida tahsil olgan o'g'li esa kinochi bo'lishni istab qoldi. Tabiiyki, umrini qassoblik qilib o'tkazgan G'ani akaga bu fikr yoqmadi. Ammo o'g'li o'z so'zida qa'tiy turib olgach, noiloj uni Moskvaga kuzatdi. Shu tariqa G'ani qassobning o'g'li 1921-25 yillarda Moskvada o'qib, Toshkentga kinochi bo'lib qaytdi. Qassob bo'lishni istamagan bu o'jar o'g'il buyuk o'zbek kinorejissyori Nabi G'aniev edi…
1925 yil Toshkentda  kinostudiya ishga tushirilgach , G’aniyev  Toshkentga qaytadi va umrining oxirigacha kinostudiyada ishlaydi. Atrofiga iqtidorli yoshlarni to’plab , ularga kino haqida  ko’plab ma'lumot berish maqsadida “Kinoaktyor” va “Kinossenariy” kitoblarini yozadi . “O’zbekiston kino do’stlari” jamiyatini tuzadi, kinotexnikum (hozirgi G’aniyev nomida) ochilishida faollik ko’rsatadi. Avval aktyor, konsultant, rejissyor yordamchisi bo’lgan, asosiy rejissyorlik faoliyatini  30- yillar boshlagan. Uning “Yuksalish”, “Ramazon”, “Yigit” filmlari o’zbek  badiiy kinosining shakllanishida muayyan bosqich yo’lini o’tadi. N. G’aniyevga katta shuhrat keltirgan va o’zbek kinosining durdonalaridan bo’lgan “Tohir va Zuhra” (1944) “Nasriddinning sarguzashtlari” (1947), “Farg’ona qizi” (1948) kabi filmlarni ekranlashtirdi. Ғaniyev ijodi o’zbek kino san'ati shakllanishi va taraqqiy etishida katta rol’ o’ynadi.  Toshkent ko’chalaridan biriga G’aniyev Nabi  nomi berilgan.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2005.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan