SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
Fransuz haykaltaroshi Rene Roden Fransua Ogyust tavallud topgan kun
1940-11-12

Rene Roden Fransua Ogyust 1940 yil 12 noyabrda Parijda tug'ilgan.  Fransuz haykaltaroshi. Ishlagan haykallarining hayotiyligi, temperamenti, harakat ifodasining ta'sirchanligi bilan tomoshabinlar diqqatini tortdi (“Bronza asri” gips, 1877, Ermitaj). 1880 yildan umrining oxirigacha Dantening “Ilohiy komediya”si ta'sirida “Do'zax darvozasi” gorelef kompozisiyasi, antik mifologiya motivlari, tavrot afsonalari va boshqalar ustida ishladi. Dante asaridagi ayrim motivlarni mustaqil asarga aylantirdi (“Mutafakkir”, gips, 1888; “Momo Havo”, marmar, 1881, Pushkin nomidagi tasviriy san'at muzeyi; “Bo'sa”, gips, 1886). Realistik portretlari (J. Dalu, 1883, V.A. Mosart, 1910) va monumental haykallari (V. Gyugo, 1886-1900; O. Balzak, 1897) mashhur. Renening muhim asarlaridan biri “Kale grajdanlari” (gips, 1884-88, Roden muzeyi)da qahramonlik va fojia real ifodalangan. Ijodining keyingi davrida pessimizm, tugallanmaganlik, oniy taassurot ifodalari ko'zga tashlandi, bu davrdagi asarlari bilan Roden haykaltaroshlikda impressionizm asoschilaridan biri bo'lib qoldi. Asosiy asarlari Parijdagi ustaxonasi (1916 yildan Roden muzeyi)da saqlanadi. Roden 1917 yil 17 noyabrda Myodonda vafot etgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan