SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Dirijor Zohid Haqnazarov tavallud topgan kun
1937-11-12

Zohid Haqnazarov 1937 yil 12 noyabrda Toshkentda tug'ilgan. O'zbek dirijyori. O'zbekiston xalq artisti (1978). Moskva Konservatoriyasini tugatgan (1963). O'zbek davlat filarmoniyasi simfonik orkestri (1970yildan O'zbek davlat simfonik orkestri) da dirijor (1963-65), bosh dirijor va badiiy rahbar (1965-79), 1979 yildan Toshkent konservatoriyasining rektori, G'arbiy Yevropa (V. Mosart, L. Betxoven, I. Brams va boshqalar) hamda rus klassik (P. I. Chaykovskiy, S. V. Raxmaninov, N. N. Skryabin va boshqalar), D. D. Shostakovich, S. S. Prokofev, G. V. Sviridov, A. I. Xachaturyan kabi kompozitorlarning simfonik asarlariga dirijorlik qilgan. U ko'pchilik O'zbekistonlik kompozitorlarning simfoniya janridagi asarlarini birinchilardan bo'lib talqin qilgan. Masalan, “Samarqand hikoyalari”, “Pochta”, “Poema-rapsodiya”, “Simfoniya”, “Toshkent manzaralari” va boshqalar. Rimda o'tkazilgan xalqaro dirijorlar konkursida diplom bilan taqdirlangan (1971). “Hurmat Belgisi” ordeni va medal bilan mukofotlangan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan