SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Ingliz fizigi Reyli Reley Jon Uilyam tavallud topgan kun
1842-11-12

Reyli Reley Jon Uilyam 1842 yil 12 noyabrda Lengford-Grov shahrida tug'ilgan – Ingliz fizigi, tebranish nazariyasi asoschilaridan biri. London Qirollik jamiyati a'zosi (1973). Kembridj unversitetini tugatgan (1865), shu unversitet professori (1879) va Kavendish laboratoriyasi direktori. 1887 yildan Britaniya Qirollik instituti (London) professori Releyning ilmiy ishlari akustika, tebranish nazariyasi, optika, elektr va fizikaning boshqa sohalariga oid. U akustik tebranishlar (tor, sterjen, plastinka va boshqa tebranishlari)ni tekshirdi. 1873 yilda u tebranishning chiziqli nazariyasidagi qator fundamental qonunlarni ta'riflab berdi. Bular tebranish sistemasining xususiy tebranishlari chastotasi to'g'risida sifat jihatdan xulosa chiqarish imkonini berdi. Reley birinchi marta chiziqli bo'lmagan sistemaning tashqaridan davriy ta'sir bo'lmaganda ham so'nmaydigan tebranishlarini va bu tebranishlaring o'ziga xos xarakterli ekanligini ko'rsatib berdi. U gruppaviy va fazoviy tezliklar farqini tushuntirib berdi va gruppaviy tezlik formulasi (Reley formulasi)ni yaratdi. Shuningdek, tasodifiy fazali tebranishlarni qo'shish masalasini va natijaviy amplituda uchun taqsimot funksiyasi (Reley funksiyasi)ni ishlab chiqdi. Elastik to'lqinlar nazariyasida Reley to'lqinlar difraksiyasi, to'lqinlarining sochilishi va to'lqinlarining yutilishi, tovush bosimi to'g'risidagi masalalarni ko'rib chiqdi, to'lqinlar sirtini tekshirdi. 1900 yilda Reley absolyut qora jism nurlanishining qonunlaridan biri – shu jism nurlanish spektrida energiya taqsimotining tempeturaga bog'liqligini ifodalaydigan qonun (Reley-Jins nurlanish qonuni)ni ishlab chiqdi. Bu qonun kvant nazariyasining yaratilishida katta rol o'ynadi. Reley yorug'lik shochilishining molekulyar nazariyasiga asos soldi. Muhitdan sochilayotgan yorug'lik intensivligi yorug'lik to'lqin uzunligining to'rtinchi darajasiga teskari proporsional ekanligini aniqladi (Reley qonuni). 1879 yilda Reley optik asboblarning ajrata olish qobiliyati nazariyasini yaratdi. 1894 yilda ingliz fizigi va ximigi U. Ramzay bilan birgalikda argonni kashf etdi. Reley diski, Reley interferometri, yorug'likning Reley sochilishi, Reley magnitlanish qonuni va boshqa Reley nomi bilan ma'lumdir. Nobel mukofoti laureati (1904) Reley 1919 yil 30 iyunda Tirling-Pleysda vafot etgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan