SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Flamand rassomi Frans Sneyders tavallud topgan kun
1579-11-11

Frans Sneyders 1579 yil 11 noyabrda Antverpe shahrida tug'ilgan. Flamand rassomi, natyurmort ustasi. Antverpenda P. P. Rubens ustaxonasida ishlagan. Ijodining dastlabki davrlarida gul, meva solingan savat, vazalarni ko'p aks ettirgan. Keyinchalik ovlangan qush va hayvonlar, gul, mevalar aniq va chiroyli aks ettirilgan monumental kompozisiyalari bilan shuhrat qozongan. Natyurmortlarida meva do'konlari, ombor, rastalar tasviri orqali tabiat ne'matlari jonli ko'rsatilgan, tabiat va inson mehnati samaralarini jozibador va jonli ifodalash bilan bir qatorda odamlarni, hayvonlarni ham tasvirlagan (kishilar tasvirini A. Van-Deyk, Ya. Yordans, K. de Vos kabi hamkasblari ishlaganlar. Rubensning ko'pgina kartinalaridagi gul, meva, hayvonlarni esa Frans ishlagan). Ijodining keyingi davrida inson farosati va jasorati ulug'langan ov manzaralarini yaratgan. Sneyders 1657 yil 19 avgustda vafot etgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan