SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617192021
22232425262728
2930     
Rus dengizchisi Ivan Kruzenshtern Fyodorovich tavallud topgan kun
1770-11-08

Ivan Kruzenshtern Fyodorovich 1770 yil 8 noyabrda Tallin shaxrida tug'ilgan. Rus dengizchisi, admiral (1842), Peterburg Fanlar Akademiyasining faxriy a'zosi (1806). 1802 yil dunyo aylana birinchi rus ekspedisiyasiga (1803-06) boshliq qilib tayinlangan. Ekspedisiya tarkibidagi “Nadejda” (komandiri Yu. Lisyanskiy) kemalari 1803 yil 7 avgustda Kronshtatdan chiqib, 1804 yil martda Gorn burnini aylanib o'tgach. Gavayi orollarigacha birgalikda suzdilar. Bu yerdan “Neva” Novoarxangelsk tomon, “Nadejda” esa Kamchatkaga, so'ng Yaponiyaga ketdi. 1806 yil ekspedisiya Hind va Atlantika okeanlari orqali Kronshtadtga qaytib keldi. Sayohat davrida birinchi marta keng miqyosda okeanografiya va meteorologiyaga oid tadqiqot ishlari o'tkazildi K. Kuril orollarining bir qismi, Saxalin va Kamchatka sohillari, Yaponiyaning ayrim orollari tabiatini o'rgandi. Kruzenshtern sayohat tafsilotlarini, okeanologiya va etnografiya sohasidagi tadqiqot natijalarini 3 jildli “Nadejda” va “Neva” kemalarida 1803, 1804, 1805 va 1806 yillardagi dunyo bo'ylab sayohat (1909-12, 2-nashri, 1950) asarida bayon qilgan. Kruzenshtern 1823-26 yillarda 2 jildli “Janubiy dengiz atlasi” asarini nashrdan chiqardi. Kruzenshtern nomiga Tinch okeandagi bir necha geografik obektlar (bo'g'oz, orol, tog'lar ) qo'yilgan. Kruzenshtern 1846 yil Tallin shaxrida 12 avgustaga vafot etdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan