SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212224252627
282930    
Kompozitor Aleksandra Paxmutova Nikolaуevna tavallud topgan kun
1929-11-09

 Aleksandra Paxmutova Nikolaуevna 1929 yil 9 noyabrda Volgograd shahrida tug'ilgan. Kompozitor, Moskva konservatoriyasini (1953), aspiranturasini (1956) tugatgan. “Gagarin burji” qo'shiqlar turkumi, “Tashvishli yoshlik haqida qo'shiq”, “Geologlar”, “Nafosat” va boshqa qo'shiqlar muallifi sifatida tanilgan. Paxmutova yirik janrlarda ham ijod qilgan. Kantatalar (“Vasiliy Tyorkin”), uvertyuralar (“Yoshlik”, “Tyuringiya”), truba va orkestr uchun konsert. Orkestr uchun konsert (1972, bu asar muzikasiga “Ro'shnolik” baleti sahnalashtirilgan, 1974), shuningdek bir qancha kamer asarlar, kinofilmlarga muzikalar muallifi. Paxmutova Toshkentda o'rnatilgan Yu. A. Gagarin yodgorligiga atab xor va orkestr uchun “Epitafiya” yozgan (1969).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan