SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
May 2018
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
202123242526
2728293031  
Shoir Mahmud Hodiyev tavallud topgan kun
1904-05-16

Shoirning hayot yo’li. O’tgan asrning 20-yillarida Botu taxallusi bilan ijod qilgan Mahmud Hodiyev 1904 yil 16 mayda Toshkent shahrida dunyoga keldi. “Botu bo’zchi oilasida dunyoga kelgan, - deb yozadi shoirni yaxshi bilgan zamondoshlaridan biri Laziz Azizzoda. - ...Otasi Maqsud Hodiyev katta ilm egasi bo’lmasa-da, ulkan qalb egasi edi, taraqqiyparvar yoshlar va olimlar bilan doimo munosabatda bo’lib, hamisha gazeta va jurnallarni qo’lidan qo’ymasdi. Sarrojlik kasbini ham yaxshi bilardi”. XX asr, dengiz singari, to’lqinlanayotgan payt edi. Ko’p o’tmay, Birinchi jahon urushi boshlandi. Urushning momoguldirakli aks-sadolari Turkistonga qadar yetib keldi. Turkiston atalmish kemaning ruslar tomonidan boshqarilayotgani oddiy kishilar hayotiga ham o’z tahririni kiritdi. Maqsud aka zamoniasining shayxontahurlik ilg’or kishilariga yaqin bo’lgani uchun to’ng’ich farzandini rus-tuzem maktabiga o’qishga berdi. Botu ruschaga uncha-muncha tushunadigan, rus tilida chiqqan “Samarqand” singari gazetalarni binoyidek o’qiydigan bo’ldi. Botuning ilk she'ri 1919 yilda yozilgan. Bo’lajak shoir shu vaqtda endigina o’n besh yoshga qadam qo’ygan edi. Shundan keyin uning vaqtli matbuot sahifalarida bir necha she'rlari e'lon qilindi. 1922 yilda esa “O'zbek yosh shoirlari” to’plamida Fitrat, Cho’lpon, Elbek she'rlari bilan birga ular izdoshi bo’lgan Botuning ham dastlabki she'rlari nashr etildi. Fitrat va Cho’lponlarning yosh shoirni o’z bag’rlariga olishlarida katta hikmat bor edi. Ular shu yo’l bilan ham Botuni o’z ta'sir doiralarida ushlab turmoqchi, uni o’z maslaklari ruhida tarbiyalamoqchi edilar. Yosh shoir ijodining dastlabki davrida adabiy ustozlariga manzur bo’la oladigan, ham yangi tarixiy davr ruhi bilan to’yingan she'rlar yozdi. 1925 yili “Umid uchqunlari”, 1929 yili esa “To’lqin tovushlari” to’plamlarining nashr etilishi bilan Botu o’zbek yoshlarining eng sevimli shoirlari qatoridan o’rin egalladi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan