SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718202122
23242526272829
30      
Kompozitor va dirijor Mustafo Bafoyev tavallud topgan kun
1946-11-10

Mustafo Bafoyev 1946 yil 10 noyabrda Kogon tumani Ganchkash qishlog'ida tug'ilgan – kompozitor va dirijyor. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi (1995). Toshkent davlat konservatoriyasining g'ijjak ijrochiligi (1969) hаmda kompozisiya (1977) ixtisosliklari bo'yicha tugatgan. Buxoro musiqa bilim yurti, Buxoro davlat pedagogika institutida o'qituvchi (1969-1979). 1979 yildan O'zbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi D. Zokirov nomidagi o'zbek xalq cholg'ulari orkestori dirijyori Bafoуev ijodiga janrlar xilma-xilligi, mavzuli hamda vokal musiqaga moyilligi, badiiy unumdorlik xos. Uning musiqa uslubi, ohangdorligi, milliy an'analarga hamda zamonaviy yo'nalishlarga ijodiy yondoshganligi bilan ajralib turadi. M. Bafoуev 5 simfoniya, simfonik poema, uvertyura va 6 asarlar, 3 ta konsert, 3 ta opera (Umar Hayyom”, “Buxoroi Sharif” teleopera-doston, “Al-Farg'oniy”), 4 ta balet (“Nodira”, “Ulug'bek burji” telebaletlar, “Moziydan nur” oratoriya-balet, “Buyuk ipak yo'li”), 7 ta musiqali drama, ko'pgina vokal-simfonik asarlar, 100 dan ortiq ko'shiq va romans, bayram tomoshalariga, kator teatr va radiospektaklarga musiqa yozgan. Abdulla Qodiriy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1997).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan