SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2017
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
192021222425
2627282930  
Afinada XXVIII Olimpiya o‘yinlarining ochilishi kuni
2004-08-13

2004 yil Afina (Gretsiya)da bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlari 13dan 29 avgustgacha davom etgan bo‘lib, olimpiya harakatlarining asoschisi Gresiya bo‘lgan. Olimpiya poytaxti nomiga Afinadan tashqari Rim (Italiya), Keyptaun (YuAR), Stokgolm (Shvetsiya) hamda Buenos-Ayres (Argentina) shaharlari davvogarlik qilgan.  Ushbu Olimpiya o‘yinlari taraddudiga ketgan sarf-harajatlar 8 milliard yevroni tashkil qilgan. 1 milliardga yaqini o‘yinlarning xavfsizligiga ketkazilgan. Afinada bo‘lib o‘tgan o‘yinlar uchun NBC Universal kompaniyasining o‘zi 793 million dollar to‘lab bergan. O‘yinlar 24 soat davomida barcha telekannalarda ko‘rsatligan. XXVIII Olimpiya o‘yinlarining ramzi Feb hamda Afina qo‘g‘irchoqlari bo‘lgan. Ular (er. av. 7 asrga tegishli) qazilmalarda topilgan Qadim Yunon qo‘g‘irchoqlari asosida yasalgan. Topilgan o‘yinchoqlar afsonaga ko‘ra, aka-singil Feb hamda Afina bo‘lib, ularni Afina ma’budlari Apollon (Feb, Febos yoki Fivosa) – quyosh Xudosi hamda Afina – donolik ilohi nomiga qo‘yishgan. Ushbu o‘yinda 202 davlatning 11099 sportchisi ishtirok etgan. G‘olib uchlik keyingi ravishda belgilangan: AQSh (101 mukofotdan 35 tasi oltin medal), XXR (63 mukofotdan 32 tasi oltin), Rossiya (92 tadan 28 tasi oltin medal).

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan