SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
91011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
Bokschilarning so‘nggi qo‘lqopsiz jangi bo‘lib o‘tgan kun
1889-08-06

Zamonaviy boks musht jangining bir turi hisoblanib, qadimiy jang san’atidan biridir. Biroq qadimiy boksda vaqt chegarasi bo‘lmagan, jangchilar xushini yo‘qotgunlarigacha kuch sinashishgan, hatto, jang juda ko‘ngilsiz yakun topgan vaqtlari ham bo‘lgan. Eramizdan avvalgi 4 asrda hozirgi zamon qo‘lqoplarining ilk ko‘rinishlari paydo bo‘lgan. Jangdan oldin atletlar barmoqlariga charm tasmalarni bog‘lab jangga kirishganlar. Rim imperiyasi paytiga kelib qo‘lqoplar temir qo‘shimchalar bilan to‘ldirilgan. Zamonaviy boks 18 asr boshlarida Angliyada paydo bo‘lgan. Uning asoschisi ingliz qilichbozi Jeyms Figg bo‘lgan. Chempionlik nomiga sazovor bo‘lgach, “Jeyms Figgning boks akademiyasi”ni ochgan va xohlovchilarni qo‘l jang san’atiga o‘rgatgan. 1865 yili boksning ilk qoidalari ishlab chiqilgan va unda ringning aniq vaqti, raundlar davomiyligi, shuningdek, qo‘lqop og‘irligi belgilangan. 1865 yili markiz Jon Duglas Kvinsberi hamda jurnalist Jon Chembers “Boksda qo‘lqoplar qoidasi”ni ishlab chiqishgan. Shunday bo‘lsada, qo‘lqopsiz boks jangi chorak asr davom etgan. 1889 yilning 6 avgust kuni bokschilar Jon Salpivan va Mitchel Kiprayvipp o‘rtasida so‘nggi qo‘lqopsiz boks jangi bo‘lib o‘tgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan