SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Noyabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
26272830  
AQShda birinchi Disneylend ochilgan kun
1995-07-17

1995 yil 17 iyul kuni Los-Andjeles janubiga yaqin (Kaliforniya shtati) Anaxaymada eng mashhur amerikalik multiplikator Uolt Disney bolalar va ularning ota-onalari uchun qoyilmaqom ko‘ngilochar bog‘ ochilish marosimini o‘tkazgan. “Disneylend” bog‘ini ochish fikri Uolt Disneyda u ikki qizalog‘i bilan sayr qilib yurgan chog‘i paydo bo‘lgan. Qizlari arg‘imchoqlarda uchar ekan, otasi sabr bilan bolakaylarini do‘kon oldida kutib o‘tirar edi. Shunda unga Amerikada ham ota-onalar, ham ularning bolalari uchun maroqli vaqt o‘tkazish uchun joy yo‘qligi fikri keladi.  Disney bu joyni o‘zi yaratishi kerakligi haqida o‘ylab qoladi. Lekin birinchi Disneylendni qurish uchun 17 million dollarga aylandi. Shunday bo‘lsada, tez vaqt ichida bu pul o‘n barobar daromad keltirdi. Birinchi 25 yil ichidayoq bog‘ga 200 million odam tashrif buyurdi. Lekin bu Disney uchun yetarli emas edi va 1963 yil u yanada kattaroq loyihaga qo‘l uradi – “X-loyiha”. U Floridadan o‘ziga mos yer harid qiladi va u yerda yangi bog‘ qurilish ishlarini boshlab yuboradi. 1971 yil oktabr oyida «The Walt Disney World» (Uolt Disney dunyosi) ochildi.1983 yilga kelib, “Disneylend” bog‘i Tokioda ham paydo bo‘ldi, 1992 yil esa parijda. Bog‘da sayr qilib yurarkansiz, Mikki-Maus va Donald Dak kabi Disney qahramonlari qo‘lini siqib, arg‘imchoqlarda uchishingiz mumkin. Umuman olganda,  ko‘tarinki kayfiyatda dam olishingiz mumkin.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan