SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Xalqaro shaxsiy ma'lumotlarni muhofazalash kuni
1981-01-28

28 yanvar - Xalqaro shaxsiy ma'lumotlarni muhofazalash kuni.

Ba'zi davlatlarda bu kun «Sir tutiladigan kun» deb yuritiladi. Bu bayramning maqsadi, internet foydalanuvchilari turli tarmoqlardan qoidaga rioya qilgan holda, o'zlarining real va virtual hayotlarini muhofazalashda yordam beradi. Bu sanani nishonlash 2006 yil 26 aprelda Evropa Kengashi vazirlari qarori asosida joriy qilindi. Bu sana Evropa Kengashining 1981 yil 28 yanvardagi «Shaxsiy ma'lumotlarga qayta ishlov berishni avtomatlashtirish maqsadida shaxslarni muhofazalash to'g'risida»gi Konvensiyasining bir yilligi bilan birga nishonlanadi. «Shaxsiy ma'lumotlarga qayta ishlov berishni avtomatlashtirish maqsadida shaxslarni muhofazalash to'g'risida»gi Konvensiya birinchi xalqaro shaxsiy ma'lumotlarni muhofazalash majburiyatini, inson shaxsi daxlsizligi va haq-xuquqini namoyonligini ta'minladi. Konvensiyada belgilangan shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash va himoyalashning asosiy prinsiplari: halollik va qonuniylikka asoslangan. Shu prinsiplarga amal qilingan holda shaxsiy ma'lumotlarni saqlash ko'zda tutilladi. Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha belgilangan havfsizlik choralarini ularning tasodifiy yoki noqonuniy yo'qolishini oldini oladi, shuningdek, shaxsiy ma'lumotlarga noqonuniy kirishni va ularni tarqalishini himoyalaydi. Axborot va telekommunikasiyaning tezda rivojlanishi bilan yangi texnalogiyalarni kirib kelishi, innovasion, global, integrasion jarayonlarni tarqalishi sababli Konvensiya shaxsiy ma'lumotlarni himoyalash bo'yicha asosiy manba bo'lib kelmoqda. Xalqaro xamkorlik shunday hulosaga keldiki, bu Konvensiya oddiy, qisqa va texnologik neytralь instrument bo'lib qolishi kerak, shu qatorida yangi, zamonaviy va kelajak texnologiyalarini qabul qiladi. Hozirgi kunda ishchi guruhi tomonidan bu Konvensiyaning yangi taxriri ustida shaxsiy ma'lumotlarni saqlash standartlarini malakasini oshirish maqsadida nafaqat Evropada balki butun dunyo bo'yicha ish olib borilmoqda. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan