Nauru Respublikasi tashkil topgan kun
1968-01-31

1968 yil 31 yanvarda mustaqil Nauru Respublikasi tashkil topdi.
Nauru, Nauru Respublikasi - Tinch okeanning janubi-g‘arbiy qismidagi Nauru orolida joylashgan davlat. Maydoni 21 km2. Aholisi 10,5 ming kishi (2002), Rasmiy poytaxti yo‘q. Hukumat qarorgohi Meneng okrugida, hukumat binosi va parlament – Yaren okrugida. Ma’muriy jihatdan 8 okrugga bo‘linadi.
Nauru- Buyuk Britaniya Hamdo‘stligi tarkibidagi respublika. 1968 yilgi konstitutsiya amal qiladi. Davlat va hukumat boshlig‘i –prezident. U parlament a’zolari orasidan 3 yil muddatga saylanadigan va 18 a’zodan iborat parlament, ijroya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi; uning vazirlari parlament a’zolaridan bo‘ladi.
Nauru oroli tektonik harakat natijasida suv ostida ko‘tarilgan atoll bo‘lib, unda halqasimon marjon qoyalari ko‘tarmalari saqlangan. Yer yuzasi- plato (eng baland joyi 65m). Platoning chetlaridagi kambar (eni 200 m gacha) sohil – terrasasimon. Iqlimi issiq; oylik o‘rtacha temperatura 280, yillik yog‘in 2500 mm. Doimiy oqar suvlari yo‘q. Ichimlik suv chetdan keltiriladi. O‘simligi qattiq bargli daraxt va butalardan iborat. Dengiz qkshlari va hasharoti ko‘p.
Aholisining 60% mahalliy nauru (polineziyalik)lar, qolgan qismi – Okeaniyaning boshqa orollaridan kelganlar, xitoylar, filippinlar va yevropaliklar. Rasmiy tillari – nauru va ingliz tillari.
Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? 1-Oktabr ustoz va murabbiylar kuniga ishlangan bayram tadbirining ssenariysi. YOGURTNI KIM O’YLAB TOPGAN? Yulduzlar kunduzi qaerga g’oyib bo’ladi? Nega yomg’ir ayrim kunlar yog’adi…? O`zbekiston Respublikasining "Qizil kitob"i Zirhli mashinalarni kim o’ylab topgan?