SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2018
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617182021
22232425262728
2930     
Yaponiyada “Balog‘atga yetganlar kuni” bayrami
2000-01-13

13 yanvar – Yaponiyada “Balog‘atga  yetganlar  kuni” bayrami.
Yaponiyada balog‘at yoshi  kunida qizlar juda chiroyli va xushchaqchaq bo‘ladilar. “Men yaxshi ish topib, xizmat pillapoyasidan ko‘tarilishni istayman”, “Men oilaviy tadbirkorlikni davom ettiraman va otamning firmasini gullashi uchun harakat qilaman”, “Men omadli turmush qurib katta uyda yashashni istayman”, “Men ko‘p pul ishlab topib, dunyo bo‘ylab sayohat qilishni va turli xalqlar madaniyatini o‘rganishni istayman” ... Bu o‘smir yigit va qizlarning,  balog‘at yoshiga yetganlarga bag‘ishlangan marosim qatnashuvchilariga “Ulg‘aygandan so‘ng nimaga erishmoqchisiz?” savoliga berilgan  javoblarining ayrimlaridir. Yaponiyada balog‘atga 20 yoshda  yetishadi va har yili yanvarning ikkinchi dushanba kunida Balog‘atga yetganlar kuni nishonlanadi. Yaponiyalik yigit- qizlarga 20 yoshida ulg‘ayganlarning huquq va majburiyatlari beriladi: bu yoshdan ular saylovlarda qatnasha oladilar, qonun oldida batamom javobgarlikka egalar, ularga nisbatan mehnatga oid qonun chiqarishga ruxsat etiladi. Balog‘atga yetganlar kunida shu yili 20 yoshga to‘lgan va to‘layotganlarning  hammasi maxsus tashkil etilgan marosimda tabrik va qutlovlar qabul qiladilar. Qoidaga ko‘ra, qizlar furisode deb nomlangan yengi uzun, yorqin rangli kimono kiyadilar. Yigitlar odatda  bayramona qora kostyum kiyadilar, garchi oxirgi yillarda ko‘pchilik  erkaklar kimonosini afzal ko‘rishmoqda. Bu kuni ibodatxonada yozilgan va ilingan istaklar albatta amalga oshadi. Odatda shahar hokimliklari  balog‘atga yetganlar uchun tantanali marosim va kechalar uyushtiradilar, bayram sababchilariga esdalik sovg‘alari berishadi. Har bir ishtirokchiga mahalliy ma’muriyat boshlig‘idan yoki o‘quv muassasasi tomonidan alohida taklifnoma yuboriladi. 20 yoshli fuqarolar ro‘yxatini hokimiyat soliq boshqarmasidan oladi, chunki har bir yaponiyalik yashashi uchun soliq to‘lashiga majbur. Soliqdan bosh tortuvchilar taklifnoma olmaydi va marosimga  kiritilmaydi. Balog‘atga yetganlar kuni rasmiy ravishda 1948 yildan bayramona kun deb hisoblangan. Bundan oldin katta hayotga qadam qo‘yish marosimi oshkora ravishda emas, balki oila davrasida nishonlanar edi. Dastlab balog‘atga yetganlar kuni 15 yanvarda nishonlanar edi va o‘z-o‘zidan bayramona dam olish haftaning o‘rtasiga to‘g‘ri keladi. Shu munosabat bilan faqat bir kun – bu juda kam, bundan tashqari, yoshlar orasida shunday udum bor, ular balog‘atga yegan kuni qadrdon shahriga,ota uyiga  qaytib bayramni yaqinlari va bolalikdagi do‘stlari bilan nishonlashadi.1998 yilda chiqarilgan qonunga binoan, bayram 2000 yildan boshlab belgilangan sana yanvar oyining ikkinchi dushanbasida ko‘chirildi. Yoshlar qonuniy 3 kun bayram qilishga  ega bo‘ldilar va barcha yaponlar bu kunni “baxtli dushanba” deb atay boshladilar. 

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan