SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
Dunyodagi eng yirik хalqaro san'at festeval nishonlanadigan kun
1947-08-09

Dunyodagi eng yirik Xalqaro san'at festivali har yili shu kuni Shotlandiyaning Edinburg shahrida sahna san'ati bo'yicha jahondagi eng yirik festival o'z ishini boshlaydi. Anjuman qariyb bir oy davom etadi. Mazkur festivalning o'ziga xos bir jihati bor. Unda bir paytning o'zida turli janrlar qamrab olinadi-teatr, opera, raqs va musiqa san'ati asarlari taqdim etiladi, klassika, orkestr, kamer va vokal musiqa namunalari yangraydi: rango-rang shou va karnavallar, mushakbozlik tomoshalari uyushtiriladi. Unga har yili dunyoning ko'plab davlatlaridan kelgan ijodiy guruhlar umumiy hisobda ikki milliondan ortiq mehmon qatnashadi. An'anaga ko'ra festival ikki tarkibiy qismga bo'linadi. Rasmiy dasturda tashkilotchilar tomonidan qaratib taklif qilingan nufuzli jamoalar va mashhur san'atkorlar ishtirok etadi. Ular shaharning markaziy konsert zallarida, teatr sahnalarida o'z mahoratlarini namoyish qiladilar. Norasmiy qismda esa Edinburg o'z darvozalarini festivalda qatnashish niyatida tashrif buyurgan barcha xohlovchilar (asosan yosh san'atkorlar) uchun ochib beradi. Maydon va ko'chalar sayilgohlar ularga sahna vazifasini o'taydi. Yozning oxirida turli xalqlar va madaniyatlar jilvasidan tovlanadigan Edinburgda kuniga mingga yaqin tomoshaga guvoh bo'lish mumkin. 1947 yildan buyon o'tkazib kelinayotgan Edinburg Xalqaro festivali jahondagi eng yirik sa'nat anjumani sifatida Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan.
Ma'lumot: Jahon adabiyoti jurnali. Yangi asr avlodi. 2012.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan